Iqtisodiyot nazariyasi
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 469–472-b. — ziyouz.com
Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tuşunçalari va rivojlaniş tamoyillarini örganuvçi umumiqtisodiy va nazariy fan. I.n. xorij mamlakatlarida «Ekonomiks», «Ekonomika» va «Siyosiy iqtisod» nomlari b-n, MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» nomi b-n yuritiladi. I.n. iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan örganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Özbekistonda «Iqtisodiy bilim asoslari» sifatida maktablarda, «Iqtisodiyot asoslari» sifatida kollej va akademik litseylarda va «Iqtisodiyot nazariyasi» sifatida oliy öquv yurtlarida örganiladi.
I.n.ning predmeti kişilarning çeklangan iqtisodiy resurslar şaroitida muqobil xöjalik yuritiş asosida öz ehtiyojlarini qondirişga qara-tilgan xattiharakatlari, ularni belgilovçi iqtisodiy şartşaroitlar xisoblanadi. Bu fan xöjalik yurituvçi subyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda örganadi. Uning tadqiqot obyekti iqtisodiy hodisalar bölib, ular işlab çiqariş, ayirboşlaş, taqsimot va iste'mol sohasida yuz beradi. Tabiiy şaroit — bu iqlim, tuproqning tu-zilişi, yer osti boyliklarining mik,dori, ösimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning iş qobiliyatidan iborat-ki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga ta'sir etmay qolmaydi.
I.n. öz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qöllagan holda örganadi: barça iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etişini, bu tizimda ulardan har biri öz örniga ega bölişini, ular bir-biriga ta'sir etişini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanişda va yangilanişda olib qaraydi, bir voqelik örniga boşqasi yuzaga kelişi, şaklan eski hodisalarda yangi mazmun bölişini hisobga oladi; insonning xöjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham ta'sir etişiga e'tibor beradi. Tabiat kişilik jamiyati bölmasada, mavjud bölaveradi, lekin jamiyat tabiatdan taşqarida böla olmaydi, çunki u tabiat resurslarini işlatiş b-n boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi özgarişlar tabiatdagi özgarişlarga qaraganda ğoyat tez boradi, şu sababli iqtisodiyotning rivojlaniş qonunlari doimo özgarib turadi; tabiiy hodisalar kişilar iştirokisiz öz-özidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kişilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obyektiv şaroit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita örganmasada, uning iqtisodiyotga ta'sirini çetlab ötmaydi, aksinça, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etiş yoki etmaslikning iktisodiy çegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar ta'sirini inobatga olib örganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, şuning uçun jamiyat ham uning ta'siridan xoli emas.
I.n. siyosatni örganmasada, uning iqtisodiyotga ta'siri b-n şuğullanadi, çunki töğri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksinça bölganda esa unga salbiy ta'sir ötkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, şu vaziyatda qonunlarning amal qilişi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga çiqariş çora-tadbirlarini belgilovçi siyosat iqtisodiy rivojlanişga faol ta'sir etadi. Şu ma'noda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblaş mumkin. I.n. iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni örganganda ular qonun-tuşunçalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.
Iqtisodiy tuşunçalar — iqtisodiyotni örganişda qöllaniladigan na-zariy bilimlar bölib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilişidir. Ular 2 guruhga bölib örganiladi: Umumiqtisodiy tuşunçalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqiçlariga xos tuşunçalar, mas, mehnat, i.ç., mahsulot, iş kuçi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tuşunçalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyatsiya kabilar ayrim tizimga xosdir. I.n. da iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlaştiriş asosida iqtisodiy qonunlar ta'riflanadi.
I.n.ning eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalaş (mavhumlaştiriş) asosida xulosalar çiqarişdir.
Ğarbdagi «Ekonomiks» mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozişiça, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Şu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalaş usuli boş örin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga ta'sir etuvçi ötkinçi, ikkinçi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlaştiriş, ilmiy xulosalar çiqarişdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini biliş, ularga xos qonuniyatlarni oçiş imkonini beradi.
Abstraksiyalaş asosida tuşunçalar va qonunlar ta'riflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalaş yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga çiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular örtasidagi boğlaniş aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalaş bölmasa ğoyat köp, tartiblanmagan faktlar orasida öralaşib qolib nazariy xulosa qilib bölmaydi. Abstraksiyalaş — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratişdir.
Nazariyada induktiv usul qöllanilganda ayrim hodisalarni örganişdan ularni umumlaştirib, xulosalar çiqarişga ötiladi. Deduktiv usul qöllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga ötiladi.
I.n.da tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanişda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning içki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa çiqarişda qöllanadi.
I.n.da mikdoriy va sifat tahlili birgalikda qöllaniladi. Mikdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellaştiriş ham iştirok etadi. Bunda iqtisodiy özgarişlar mikdoran taxlil etiladi, ular örtasidagi aloqa boğlanişlar ham mikdoran ölçanadi, ularning naqadar özgarişi baholanib, prognozlar işlab çiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (q. Iqtisodiy ta-rakqiyot modeli). I.n.da gipoteza va paradigmalar qöllanadi. Ilmiy paradigma bu I.n.da qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yeçimi bölişini belgilaşdir.
I.n., asosan, uç vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etiş, iqtisodiy bilim beriş, iqtisodiy savodxonlikni oşiriş; b) boşqa iqtisodiy fanlar uçun asos sifatida xizmat qiliş, ularga nazariy negiz böliş; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar beriş, siyosatni işlab çiqişda nazariy tayanç böliş. I.n. boşqa iqtisodiy fanlar b-n uzviy boglangan. Birinçidan, ularning yutuqlarini umumlaştirgan holda yangi xulosalar b-n boyib boradi. Ikkinçidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar b-n qurollantirgan holda ularning rivojlanişiga kömaklaşadi.
I.n. faniga 17-a.da Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanişi b-n boğliq bölib, uning qonun va qoidalarini bilişga intiliş I.n.ni yuzaga keltirgan. U Ğarbda paydo bölsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy ğoyalar dastlab Şarqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda şakllangan. Bu örinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alişer Navoiy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek asarlarini eslaş kifoyadir. I.n. dastlab «Siyosiy iqtisod» nomi b-n yuzaga kelgan. Bu tuşunçani birinçi marta A. Monkretyen (Fransiya) özining «Siyosiy iqtisod xaqida traktat» asarida (1615 y.) qöllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) I.n.dagi merkantilizm oqimiga asos solişgan.
Ulardan söng fiziokratlar maktabi paydo böldi (18-a.). Uning eng yirik namoyandasi «Iqtisodiy jadvallar» kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. I.n. tarixda eng nufuzli örin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod bölib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (q. Klassik siyosiy iqti-sod maktablari). Bu maktab 18-a. oxiri — 19-a.ning boşlarida tanilgan va ob-röli oqim hisoblangan. 19-a.ning 2-yarmidan 20-a. boşlariga qadar I.n.da marjinalizm maktabi asosiy örinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-a.ning oxiri va 20-a. davomida I.n.da 3 ta yönaliş vujudga keldi:
Birinçisi — neoklassik yönaliş bölib, uning özi monetarizm [A. Marşall (Angliya), M. Fridmen (AQŞ)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erxard (Germaniya)]ga bölinadi.
Ikkinçisi — keyneçilik yönalişi bölib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQŞ)lar hisoblanadi.
Uçinçisi — institutsional ijti-moiy yönaliş bölib, uning közga köringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitçell, J. Gelbreyt (AQŞ). 21-a. boşiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega böldi, çunki uning tavsiyalari köpçilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda özining amaliy ifodasini topdi.
Ad.: Şarifxöjayev M., Ölmasov A., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1985; Rasulov M, Bozor iqtisodiyoti asoslari, T., 1999; Şodmonov Ş., Alimov R., Jörayev T., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002; Ölmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Razzoqov A. va b., Iqtisodiy ta'limotlar tarixi, T., 1997.
Ahmadjon Ölmasov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ - иқтисодиётнинг қонун-қоидалари, тушунчалари ва ривожланиш тамойилларини ўрганувчи умумиқтисодий ва назарий фан. И.н. хориж мамлакатларида «Экономикс», «Экономика» ва «Сиёсий иқтисод» номлари б-н, МДҲ мамлакатларида «Иқтисодиёт назарияси» номи б-н юритилади. И.н. иқтисодиётни умумий жиҳатидан ва ҳар бир иқти-содий тизимга тадбиқан ўрганади, иқтисодий ҳодисаларни микро ва макро ҳамда жаҳон иқтисодиёти даражасида таҳлил этади. Бу фан Ўзбекистонда «Иқтисодий билим асослари» сифатида мактабларда, «Иқтисодиёт асослари» сифатида коллеж ва академик лицейларда ва «Иқтисодиёт назарияси» сифатида олий ўқув юртларида ўрганилади.
И.н.нинг предмети кишиларнинг чекланган иқтисодий ресурслар шароитида муқобил хўжалик юритиш асосида ўз эҳтиёжларини қондиришга қара-тилган хаттиҳаракатлари, уларни белгиловчи иқтисодий шартшароитлар хисобланади. Бу фан хўжалик юритувчи субъектларнинг (фирмалар, хонадон, айрим индивид ва давлат) иқтисодий хаттиҳаракатларини яхлитликда ўрганади. Унинг тадқиқот объекти иқтисодий ҳодисалар бўлиб, улар ишлаб чиқариш, айирбошлаш, тақсимот ва истеъмол соҳасида юз беради. Табиий шароит — бу иқлим, тупроқнинг ту-зилиши, ер ости бойликларининг мик,дори, ўсимлик ва ҳайвонот дунёсидан, одамларнинг иш қобилиятидан иборат-ки, бу омиллар иқтисодий фаолиятга таъсир этмай қолмайди.
И.н. ўз предметини бир қатор услубий тамойилларни қўллаган ҳолда ўрганади: барча иқтисодий ҳодисаларнинг яхлитлигини, иқтисодий тизим ҳосил этишини, бу тизимда улардан ҳар бири ўз ўрнига эга бўлишини, улар бир-бирига таъсир этишини назарда тутади; иқтисодий воқеликни қотиб қолган ҳолда эмас, балки ривожланишда ва янгиланишда олиб қарайди, бир воқелик ўрнига бошқаси юзага келиши, шаклан эски ҳодисаларда янги мазмун бўлишини ҳисобга олади; инсоннинг хўжалик фаолиятига нафақат иқтисодиёт, балки табиат қонунлари ҳам таъсир этишига эътибор беради. Табиат кишилик жамияти бўлмасада, мавжуд бўлаверади, лекин жамият табиатдан ташқарида бўла олмайди, чунки у табиат ресурсларини ишлатиш б-н боглик, табиат иқтисодиётнинг моддий асоси; иқтисодиётдаги ўзгаришлар табиатдаги ўзгаришларга қараганда ғоят тез боради, шу сабабли иқтисодиётнинг ривожланиш қонунлари доимо ўзгариб туради; табиий ҳодисалар кишилар иштирокисиз ўз-ўзидан юз берса, иқти-содий ҳодисалар кишилар фаолияти оркали юз беради, аммо бу фаолиятни объектив шароит тақозо этади; иқти-содиёт назарияси технологияни бево-сита ўрганмасада, унинг иқтисодиётга таъсирини четлаб ўтмайди, аксинча, ҳисобга олади. У техника-технологияни жорий этиш ёки этмасликнинг иктисодий чегараларини назарий асослайди; иқтисодиётни соф ҳолда эмас, балки унга ижтимоий-сиёсий, руҳийахлоқий, миллий-демократик омиллар таъсирини инобатга олиб ўрганади. Иқтисодиёт — ижтимоий хаётнинг бир қисми, шунинг учун жамият ҳам унинг таъсиридан холи эмас.
И.н. сиёсатни ўрганмасада, унинг иқтисодиётга таъсири б-н шуғулланади, чунки тўғри танланган сиёсат иқтисодиётга ижобий, аксинча бўлганда эса унга салбий таъсир ўтказади. Иктисодий вазиятни ҳисобга оладиган, шу вазиятда қонунларнинг амал қилиши, бинобарин, иқтисодий зарурат мавжудлигини, уни юзага чиқариш чора-тадбирларини белгиловчи сиёсат иқтисодий ривожланишга фаол таъсир этади. Шу маънода иқтисодиётни сиёсатнинг илмий асоси деб ҳисоблаш мумкин. И.н. иқтисодиётдаги турли ҳодисалар, жараёнларни ўрганганда улар қонун-тушунчалар даражасида илмий жиҳатдан йзоҳлаб берилади.
Иқтисодий тушунчалар — иқтисодиётни ўрганишда қўлланиладиган на-зарий билимлар бўлиб, улар реал иқтисодий воқеликнинг илмий ифода этилишидир. Улар 2 гуруҳга бўлиб ўрганилади: Умумиқтисодий тушунчалар — иқтисодий тараққиётнинг ҳамма босқичларига хос тушунчалар, мас, меҳнат, и.ч., маҳсулот, иш кучи, ресурс кабилар. Айрим ижтимоий-иқтисодий тизимга хос тушунчалар, мас, пул, талаб, таклиф, баҳо, кредит, эмиссия, инфляция кабилар айрим тизимга хосдир. И.н. да иқтисодий жараён ва ҳодисаларнинг белгиларини умумлаштириш асосида иқтисодий қонунлар таърифланади.
И.н.нинг энг асосий тахдил усули — бу абстракциялаш (мавҳумлаштириш) асосида хулосалар чиқаришдир.
Ғарбдаги «Экономикс» муаллифлари Р. Макконнелл ва Л. Брю ёзишича, на-зария — бу лаборатория фани эмас. Шу сабабли назарияда илмий абстракциялаш усули бош ўрин тутади. Бу усул — иқтисодий ҳодисаларни уларга таъсир этувчи ўткинчи, иккинчи даражали фактлардан холи этган тарзда тахдил этиб, назарий умумлаштириш, илмий хулосалар чиқаришдир. Бу усул иқти-содий ҳодисаларнинг табиатини билиш, уларга хос қонуниятларни очиш имконини беради.
Абстракциялаш асосида тушунчалар ва қонунлар таърифланади, улар илмий муомалага киритилади. Абстракциялаш юз берганда иқтисодиётга оид асосий, муқим, доимо юзага чиқиб турадиган фактлар ажратиб олинади, улар ўртасидаги боғланиш аниқланади. Буларнинг ҳаммаси тафаккур орқали бажарилади. Абстракциялаш бўлмаса ғоят кўп, тартибланмаган фактлар орасида ўралашиб қолиб назарий хулоса қилиб бўлмайди. Абстракциялаш — бу иқтисодиётнинг назарий моделини яратишдир.
Назарияда индуктив усул қўлланилганда айрим ҳодисаларни ўрганишдан уларни умумлаштириб, хулосалар чиқаришга ўтилади. Дедуктив усул қўлланилганда умумий хулосалардан хусусий хулосаларга, умумийликдан аниқроқ ҳодисаларга ўтилади.
И.н.да тарихий ва мантиқий усуллар ҳам бор. Тарихий усул ҳодисаларни ривожланишда олиб қарайди. Мантиқий усул турли ҳодисаларнинг ички мантиқий алоқаларини аникдаб, умумий хулоса чиқаришда қўлланади.
И.н.да микдорий ва сифат таҳлили биргаликда қўлланилади. Микдорий тахлил юз берганда иқтисодий — математик моделлаштириш ҳам иштирок этади. Бунда иқтисодий ўзгаришлар микдоран тахлил этилади, улар ўртасидаги алоқа боғланишлар ҳам микдоран ўлчанади, уларнинг нақадар ўзгариши баҳоланиб, прогнозлар ишлаб чиқилади. Бу усул ёрдамида иқтисодий моделлар яратилади (қ. Иқтисодий та-ракқиёт модели). И.н.да гипотеза ва парадигмалар қўлланади. Илмий парадигма бу И.н.да қабул қилинган тахлил усулларига таянган ҳолда ҳал этиладиган муаммони қандай ечими бўлишини белгилашдир.
И.н., асосан, уч вазифани бажаради: а) иқтисодиёт қонуниятларини идрок этиш, иқтисодий билим бериш, иқтисодий саводхонликни ошириш; б) бошқа иқтисодий фанлар учун асос сифатида хизмат қилиш, уларга назарий негиз бўлиш; в) иқтисодий сиёсатга доир амалий тавсиялар бериш, сиёсатни ишлаб чиқишда назарий таянч бўлиш. И.н. бошқа иқтисодий фанлар б-н узвий богланган. Биринчидан, уларнинг ютуқларини умумлаштирган ҳолда янги хулосалар б-н бойиб боради. Иккинчидан, умумиқтисодий назарияга оид хулосалар б-н қуроллантирган ҳолда уларнинг ривожланишига кўмаклашади.
И.н. фанига 17-а.да Европада асос солинган, бу бозор муносабатларининг ривожланиши б-н боғлиқ бўлиб, унинг қонун ва қоидаларини билишга интилиш И.н.ни юзага келтирган. У Ғарбда пайдо бўлсада, уни озиқлантирган иқтисодий ғоялар дастлаб Шарқда, ху-сусан, Марказий Осиёда шаклланган. Бу ўринда Абу Али ибн Сино, Абу Наср Фаробий, Абу Райҳон Беруний, Алишер Навоий, Амир Темур, Мирзо Улуғбек асарларини эслаш кифоядир. И.н. дастлаб «Сиёсий иқтисод» номи б-н юзага келган. Бу тушунчани биринчи марта А. Монкретьен (Франция) ўзининг «Сиёсий иқтисод хақида трактат» асарида (1615 й.) қўллаган. А. Монкретьен ва Т. Ман (Англия) И.н.даги меркантилизм оқимига асос солишган.
Улардан сўнг физиократлар мактаби пайдо бўлди (18-а.). Унинг энг йирик намояндаси «Иқтисодий жадваллар» китобининг (1758 й.) муаллифи Ф. Кенэ (Франция)дир. И.н. тарихда энг нуфузли ўрин эгаллаган оқим бу классик сиёсий иқтисод бўлиб, унинг намояндалари А. Смит ва Д. Рикардо (Англия) ҳисобланади (қ. Классик сиёсий иқти-сод мактаблари). Бу мактаб 18-а. охири — 19-а.нинг бошларида танилган ва об-рўли оқим ҳисобланган. 19-а.нинг 2-ярмидан 20-а. бошларига қадар И.н.да маржинализм мактаби асосий ўринни эгаллаб келди. Бунинг асосий вакиллари К. Менгер, Ф. Визер, Э. Бём-Баверк (Австрия), У. Жевонс ҳисобланади.
19-а.нинг охири ва 20-а. давомида И.н.да 3 та йўналиш вужудга келди:
Биринчиси — неоклассик йўналиш бўлиб, унинг ўзи монетаризм [А. Маршалл (Англия), М. Фридмен (АҚШ)] ва неолиберализм — [Л. Мизес (Австрия), Ф. Хайек (Англия) ва Л. Эрхард (Германия)]га бўлинади.
Иккинчиси — кейнечилик йўналиши бўлиб, унинг йирик вакиллари Ж. М. Кейнс (Англия), Ж. Робинсон (Англия), А. Хансен ва П. Самуэльсон (АҚШ)лар ҳисобланади.
Учинчиси — институционал ижти-моий йўналиш бўлиб, унинг кўзга кўринган вакиллари Т. Веблен, Ж. Комонс, У. Митчелл, Ж. Гэлбрейт (АҚШ). 21-а. бошига келиб, монетаризм мактаби устуворликка эга бўлди, чунки унинг тавсиялари кўпчилик мамлакатлардаги иқтисодий сиёсатда ўзининг амалий ифодасини топди.
Ад.: Шарифхўжаев М., Ўлмасов А., Иқтисодиёт назарияси, Т., 1985; Расулов М, Бозор иқтисодиёти асослари, Т., 1999; Шодмонов Ш., Алимов Р., Жўраев Т., Иқтисодиёт назарияси, Т., 2002; Ўлмасов А., Иқтисодиёт асослари, Т., 1997; Раззоқов А. ва б., Иқтисодий таълимотлар тарихи, Т., 1997.
Аҳмаджон Ўлмасов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.