Irakliy
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268-b. — ziyouz.com
Irakliy (575-641) - Vizantiya imperatori (610 y.dan). Karfagen ekzarxi(noibi)ning öğli. I. Foka (?— 610) ni taxtdan ağdarib hokimiyatni egallagan. I. 626 y. avarlar va slavyanlarning Konstantinopolga qilgan hujumini qaytargan. I. saltanat şar-qidagi forslar bosib olgan yerlarni qaytarib olgan (627—628), lekin bu yerlarni arablar bosqinidan saqlab qololmagan (630-y. lar).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИРАКЛИЙ (575-641) - Византия императори (610 й.дан). Карфаген экзархи(ноиби)нинг ўғли. И. Фока (?— 610) ни тахтдан ағдариб ҳокимиятни эгаллаган. И. 626 й. аварлар ва славянларнинг Константинополга қилган ҳужумини қайтарган. И. салтанат шар-қидаги форслар босиб олган ерларни қайтариб олган (627—628), лекин бу ерларни араблар босқинидан сақлаб қололмаган (630-й. лар).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.