Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Irğay

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 291-b. — ziyouz.com

    Irğay (Cotoneaster) — ra'nodoşlar oilasiga mansub butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Afrikada 100 dan or-tiq turi bor. Özbekistonda 6 turi ma'lum. Gullari oq, mayda, 5—20 tadan şingilsimon töplangan. Mevasi ikki danakçali. Çöl, adirlar va toğlarda toşloq yon bağirlarida ösadi. Ayrim turlari (mas, S. melanocarpa) manzarali ösimlik sifatida ekiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИРҒАЙ (Cotoneaster) — раънодошлар оиласига мансуб буталар туркуми. Европа, Осиё ва Африкада 100 дан ор-тиқ тури бор. Ўзбекистонда 6 тури маълум. Гуллари оқ, майда, 5—20 тадан шингилсимон тўпланган. Меваси икки данакчали. Чўл, адирлар ва тоғларда тошлоқ ён бағирларида ўсади. Айрим турлари (мас, С. melanocarpa) манзарали ўсимлик сифатида экилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.