Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Işlab çiqariş gimnastikasi

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 433–434-b. — ziyouz.com

    Işlab çiqariş gimnastikasi — kişini soğlomlaştiriş va mehnat unumdorligini oşiriş maqsadida iş kuni davomida bajariladigan jismoniy maşqlar majmui. Maşklar iş jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Amaliyotda I.ç.g.ning 2 turi mavjud: 1) odamni iş kuniga tayyorlovçi kiriş gimnastikasi; 2) iş vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda ötirib işlaydiganlarga yuriş, ötirib turiş, belni bukiş; tik turib işlaydiganlarga — oyoq muskullariga dam beruvçi maşklar tanlanadi. Hoz. aqliy mehnat rivojlangan davrda I.ç.g.ning ahamiyati katta.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ГИМНАСТИКАСИ — кишини соғломлаштириш ва меҳнат унумдорлигини ошириш мақсадида иш куни давомида бажариладиган жисмоний машқлар мажмуи. Машклар иш жараёнлари хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда тузилади. Амалиётда И.ч.г.нинг 2 тури мавжуд: 1) одамни иш кунига тайёрловчи кириш гимнастикаси; 2) иш вақтидаги бадан тарбия дақиқалари — бунда ўтириб ишлайдиганларга юриш, ўтириб туриш, белни букиш; тик туриб ишлайдиганларга — оёқ мускулларига дам берувчи машклар танланади. Ҳоз. ақлий меҳнат ривожланган даврда И.ч.г.нинг аҳамияти катта.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.