Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Issedonlar

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 349-b. — ziyouz.com

    Issedonlar — qadimda Örta Osi-yoning şim.da yaşagan qabilalar (mil. av. 1mingyillikörtalari). Gerodot I. massagetlar va Ural togi yon bağirlarida yaşagan turkiy qavm — argippoylarga qöşni bölgan deb hisoblaydi. I. Ğarbiy Sibir, Ob va Irtiş daryolari havzalari, ğarbda Iset daryosi (Sverdlovsk viloyati), Örta Osiyoning şim.dagi hudud (hoz. Qozoğiston)da köçmançilik qilganlar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИССЕДОНЛАР — қадимда Ўрта Оси-ёнинг шим.да яшаган қабилалар (мил. ав. 1мингйилликўрталари). Геродот И. массагетлар ва Урал тоги ён бағирларида яшаган туркий қавм — аргиппойларга қўшни бўлган деб ҳисоблайди. И. Ғарбий Сибирь, Обь ва Иртиш дарёлари ҳавзалари, ғарбда Исеть дарёси (Свердловск вилояти), Ўрта Осиёнинг шим.даги ҳудуд (ҳоз. Қозоғистон)да кўчманчилик қилганлар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.