Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ivan Ivanoviç Artobolevskiy

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 652–653-b. — ziyouz.com

    Artobolevskiy Ivan Ivanoviç (1905.9.10 - Moskva - 1977.21.9.) -mexanika sohasidagi olim, akad. (1946), texnika fanlari d-ri (1936), prof. (1929), Maşina va mexanizmlar nazariyasi asosçilaridan biri. Moskva oliy ukuv yurtlarida, MDUda işlagan (1927 y.dan).

    A. mexanizmlar tasnifini rivojlantirib, tekis va fazoviy mexanizmlarning umumiy tasnifini, tekis mexanizmlar kinematikasi va kinetostatistikasini, fazoviy sferik mexanizmlarning tuzilişi va kinematikasi masalalarini, mexanizmlar sintezi, dinamikasi kabi masalalarning hal etilişi yöllarini işlab çiqdi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРТОБОЛЕВСКИЙ Иван Иванович (1905.9.10 - Москва - 1977.21.9.) -механика соҳасидаги олим, акад. (1946), техника фанлари д-ри (1936), проф. (1929), Машина ва механизмлар назарияси асосчиларидан бири. Москва олий укув юртларида, МДУда ишлаган (1927 й.дан).

    А. механизмлар таснифини ривожлантириб, текис ва фазовий механизмларнинг умумий таснифини, текис механизмлар кинематикаси ва кинетостатистикасини, фазовий сферик механизмларнинг тузилиши ва кинематикаси масалаларини, механизмлар синтези, динамикаси каби масалаларнинг ҳал этилиши йўлларини ишлаб чиқди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.