Janubiy passat oqimlari
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85-b. — ziyouz.com
Janubiy passat oqimlari -Dunyo okeanining jan. tropik kengliklaridagi şarqdan ğarbga yönalgan iliq yuza oqimlar. Passat şamollari ta'sirida vujudga keladi. Tinç okeanda Peru oqimi, Atlantika okeanida Bengaliya oqimi, Hind okeanida Ğarbiy Avstraliya oqimining davomi bölib, ular ekvatorga yaqinlaşgan sari hamda ğarbga burilgaç isiydi va J. p. o.ga aylanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЖАНУБИЙ ПАССАТ ОҚИМЛАРИ -Дунё океанининг жан. тропик кенгликларидаги шарқдан ғарбга йўналган илиқ юза оқимлар. Пассат шамоллари таъсирида вужудга келади. Тинч океанда Перу оқими, Атлантика океанида Бенгалия оқими, Ҳинд океанида Ғарбий Австралия оқимининг давоми бўлиб, улар экваторга яқинлашган сари ҳамда ғарбга бурилгач исийди ва Ж. п. о.га айланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.