Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Javlon Razzoqoviç Hamroyev

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 81-b. — ziyouz.com

    Hamroyev Javlon Razzoqoviç (1934.10.7, Namangan - 1997.18.10, Toşkent) — Özbekiston xalq artisti (1989). Razzoq Hamroyevnnnt öğli. Teatr va rassomlik san'ati in-tini tugatgan (1966). 1962—97 y.lar «Özbek-film» qoşidagi «Kinoaktyor studiyasi»da aktyor. 40 dan ortiq filmda suratga tuşgan: Şofyor («Vijdon amri bilan»), Farhod («Farhodning jaso-rati»), Anvar («26-otilmasin»), Mat-qovul («Olovli yöllar»), Qaroqçi («Alibobo va qirq qaroqçi»), Arslo-nov («Jazirama quyoş ostida») va b. Kuçli dramatizm, psixologik teranlik, davr qaramaqarşiliklarini ifodalaşda katta iste'dod, fikr va hissiyotlar tölqini H. ijo-diga xos.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҲАМРОЕВ Жавлон Раззоқович (1934.10.7, Наманган - 1997.18.10, Тошкент) — Ўзбекистон халқ артисти (1989). Раззоқ Ҳамроевнннт ўғли. Театр ва рассомлик санъати ин-тини тугатган (1966). 1962—97 й.лар «Ўзбек-фильм» қошидаги «Киноактёр студияси»да актёр. 40 дан ортиқ фильмда суратга тушган: Шофёр («Виждон амри билан»), Фарҳод («Фарҳоднинг жасо-рати»), Анвар («26-отилмасин»), Мат-қовул («Оловли йўллар»), Қароқчи («Алибобо ва қирқ қароқчи»), Арсло-нов («Жазирама қуёш остида») ва б. Кучли драматизм, психологик теранлик, давр қарамақаршиликларини ифодалашда катта истеъдод, фикр ва ҳиссиётлар тўлқини Ҳ. ижо-дига хос.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.