Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jerex

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 124-b. — ziyouz.com

    Jerex JEREX, oq qayroq (Aspius aspius) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq. Uz. 60—80 sm, vazni 12 kg gaça. Şim. Boltiq, Qora, Orol dengizlari havzalarida, Özbekistonning deyarli barça suv havzalarida, jumladan Amudaryo va Sirdaryoda uçraydi. 3—5 yoşida voyaga yetadi. Mayda baliqlar, plankton, voyaga yetgan davrida esa baliq çavoqlari b-n oziqlanadi. Martdan maygaça 40 tadan 300 minggaça uvuldiriq taşlaydi. Qisman sanoat ahamiyatiga ega.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖЕРЕХ, оқ қайроқ (Aspius aspius) — карпсимонлар оиласига мансуб балиқ. Уз. 60—80 см, вазни 12 кг гача. Шим. Болтиқ, Қора, Орол денгизлари ҳавзаларида, Ўзбекистоннинг деярли барча сув ҳавзаларида, жумладан Амударё ва Сирдарёда учрайди. 3—5 ёшида вояга етади. Майда балиқлар, планктон, вояга етган даврида эса балиқ чавоқлари б-н озиқланади. Мартдан майгача 40 тадан 300 минггача увулдириқ ташлайди. Қисман саноат аҳамиятига эга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.