Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jevaçi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 116-b. — ziyouz.com

    Jevaçi JEVAÇI, jibaçi — sovutdor; örta asrlarda sovut kiygan otliq va piyoda askar; har xil temir qurol egasi; qurolaslaha saqlanadigan maxsus ombor — jevaxona mutasaddisi (boşqaruvçisi); harbiy yuriş vaqtida podşoh va xonning sovut va oğir qurol-aslahalarini olib yuradigan kiçik mansabdor — jibaçigiri. Toşkentdagi qad. jevaxona örni Eskijöva (jeva sözining buzib talaffuz etilişi) deb ataladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖЕВАЧИ, жибачи — совутдор; ўрта асрларда совут кийган отлиқ ва пиёда аскар; ҳар хил темир қурол эгаси; қуроласлаҳа сақланадиган махсус омбор — жевахона мутасаддиси (бошқарувчиси); ҳарбий юриш вақтида подшоҳ ва хоннинг совут ва оғир қурол-аслаҳаларини олиб юрадиган кичик мансабдор — жибачигири. Тошкентдаги қад. жевахона ўрни Эскижўва (жева сўзининг бузиб талаффуз этилиши) деб аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.