Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jilğa

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com

    Jilğa JILĞA, yilğa — unça baland bölmagan toğ yon bağirlarida qor-yomğir suvlari hamda buloqlardan vujudga kelgan oqar suvlar, kiçik soy, daryoça. Örta Osiyoda köpgina J.lar yozda qurib qoladi. Tarixiy manbalarda (çunonçi «Boburnoma»da) vodiy, soylik julga deb atalgan; maye, Ohangaron julgasi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖИЛҒА, йилға — унча баланд бўлмаган тоғ ён бағирларида қор-ёмғир сувлари ҳамда булоқлардан вужудга келган оқар сувлар, кичик сой, дарёча. Ўрта Осиёда кўпгина Ж.лар ёзда қуриб қолади. Тарихий манбаларда (чунончи «Бобурнома»да) водий, сойлик жулга деб аталган; мае, Оҳангарон жулгаси.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.