Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jizzax mebel fabrikasi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 141-b. — ziyouz.com

    Jizzax mebel fabrikasi -1994 y.da «Özbekmebel» davlat aksiyadorlik birlaşmasi tizimida Jizzax ş.da taşkil etilgan. 2001 y.dan viloyat hokimligi tasarrufiga ötkazilgan. Fabrika sexlarida karavot, şkaf, divan, kreslo, örindiqlar, stol, işxona jihozlari, öquvçilar partalari va mebel mahsulotlari hamda mahalliy xom aşyo (ğözapoya)dan DVP (yoğoçtola plitalari) mahsulotlari işlab çiqariladi. Işlab çiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi iste'molçilarga jönatiladi. Mebel va mebel mahsulotlari uçun xom aşyo Germaniya, Italiya, Rossiyadan va Boltiqböii mamlakatlaridan keltiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖИЗЗАХ МЕБЕЛЬ ФАБРИКАСИ -1994 й.да «Ўзбекмебель» давлат акциядорлик бирлашмаси тизимида Жиззах ш.да ташкил этилган. 2001 й.дан вилоят ҳокимлиги тасарруфига ўтказилган. Фабрика цехларида каравот, шкаф, диван, кресло, ўриндиқлар, стол, ишхона жиҳозлари, ўқувчилар парталари ва мебель маҳсулотлари ҳамда маҳаллий хом ашё (ғўзапоя)дан ДВП (ёғочтола плиталари) маҳсулотлари ишлаб чиқарилади. Ишлаб чиқарилган маҳсулотларнинг асосий қисми вилоятдаги истеъмолчиларга жўнатилади. Мебель ва мебель маҳсулотлари учун хом ашё Германия, Италия, Россиядан ва Болтиқбўии мамлакатларидан келтирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.