Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jizzax temir-beton buyumlari zavodi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 143-b. — ziyouz.com

    Jizzax temir-beton buyumlari zavodi — tom ustini yopiş uçun işlatiladigan plitalar, lotoklar va ularning jixozlari, fundament bloklari, quduqlar hamda ularni jihozlaş uçun işlatiladigan moslamalar va b. mahsulot turlari işlab çiqariladigan davlat korxonasi. 1980 y.da taşkil qilingan. Respublika Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tizimidagi «Suv ta'minotlaş» uyuşmasi tarkibida faoliyat körsatadi. Korxona yiliga 50 ming dona temir-beton mahsulotlari i.ç. quvvatiga ega. 3 ta asosiy işlab çiqariş sexi va bölimlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖИЗЗАХ ТЕМИР-БЕТОН БУЮМЛАРИ ЗАВОДИ — том устини ёпиш учун ишлатиладиган плиталар, лотоклар ва уларнинг жихoзлари, фундамент блоклари, қудуқлар ҳамда уларни жиҳозлаш учун ишлатиладиган мосламалар ва б. маҳсулот турлари ишлаб чиқариладиган давлат корхонаси. 1980 й.да ташкил қилинган. Республика Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги тизимидаги «Сув таъминотлаш» уюшмаси таркибида фаолият кўрсатади. Корхона йилига 50 минг дона темир-бетон маҳсулотлари и.ч. қувватига эга. 3 та асосий ишлаб чиқариш цехи ва бўлимлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.