Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jon Atkinson Gobson

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 375-b. — ziyouz.com

    Gobson Jon Atkinson GOBSON (Xobson) (Hobson) Jon Atkinson (1858.6.7, Derbi - 1940.1.4, London) — ingliz iqtisodçisi. Oksforddagi Linkoln kollejini tugatgan (1878). 1887-97 y.larda Oksford va London un-tlarida siyosiy iqtisoddan daryo berdi. G. meyoriy naflik, meyoriy unumdorlik va yetarli iste'mol etilmaslik nazariyalari tarafdori. Asosiy asari bölgan «Imperializm» (1902) kitobida iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini batafsil ta'riflab bergan va monopolistik kapitalizmgaça bölgan bosqiçiga qaytiş va parlament islohotlari yöli b-n jamiyatni boşqarişni yaxşilaş mumkin deb hisoblagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГОБСОН (Хобсон) (Hobson) Жон Аткинсон (1858.6.7, Дерби - 1940.1.4, Лондон) — инглиз иқтисодчиси. Оксфорддаги Линкольн коллежини тугатган (1878). 1887-97 й.ларда Оксфорд ва Лондон ун-тларида сиёсий иқтисоддан дарё берди. Г. меъёрий нафлик, меъёрий унумдорлик ва етарли истеъмол этилмаслик назариялари тарафдори. Асосий асари бўлган «Империализм» (1902) китобида иқтисодиётнинг асосий хусусиятларини батафсил таърифлаб берган ва монополистик капитализмгача бўлган босқичига қайтиш ва парламент ислоҳотлари йўли б-н жамиятни бошқаришни яхшилаш мумкин деб ҳисоблаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.