Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jumaloqtepa

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 210-b. — ziyouz.com

    Jumaloqtepa — arxeologik yodgorlik. Surxondaryo viloyati, Angor tumani markazida. Sun'iy tepalik ustiga qurilgan. Kvadrat tarhli (30x30 m) köşk xarobasi (5—12-a.lar). Ikki davrda obod bölgan. Birinçi davrda tört ustunli zal va unga tutaş turli kattalikdagi xonalar qurilgan. Ikkinçi davrda zal qayta qurilgan. Topilmalar içida öyma naqşinkor yoğoç buyumlar, lavhalar, inson qiyofasining suratlari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖУМАЛОҚТЕПА — археологик ёдгорлик. Сурхондарё вилояти, Ангор тумани марказида. Сунъий тепалик устига қурилган. Квадрат тарҳли (30x30 м) кўшк харобаси (5—12-а.лар). Икки даврда обод бўлган. Биринчи даврда тўрт устунли зал ва унга туташ турли катталикдаги хоналар қурилган. Иккинчи даврда зал қайта қурилган. Топилмалар ичида ўйма нақшинкор ёғоч буюмлар, лавҳалар, инсон қиёфасининг суратлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.