Jumrut
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 212-b. — ziyouz.com
Jumrut JUMRUT, böribağir (Rhamnus coriacea Kom.) — çilonjiydadoşlar (jumrutdoşlar) oilasiga mansub yirik buta yoki past böyli daraxt. Gullari mayda, sarğiş-yaşil, töpguli yarim soyabon. Bargi oddiy, tuxumsimon, tuksiz, uz. 2—5 sm. Mevasi qora, danakli. May—iyunda gullaydi, mevasi iyul— avg.da yetiladi. Toşkent, Farğona, Samarqand viloyatlaridagi toğli tumanlarning sernam yerlarida ösadi. Xalq tabobatida mevasi va pöstloğining qaynatmasi qustiruvçi dori, surgi sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЖУМРУТ, бўрибағир (Rhamnus coriacea Kom.) — чилонжийдадошлар (жумрутдошлар) оиласига мансуб йирик бута ёки паст бўйли дарахт. Гуллари майда, сарғиш-яшил, тўпгули ярим соябон. Барги оддий, тухумсимон, туксиз, уз. 2—5 см. Меваси қора, данакли. Май—июнда гуллайди, меваси июль— авг.да етилади. Тошкент, Фарғона, Самарқанд вилоятларидаги тоғли туманларнинг сернам ерларида ўсади. Халқ табобатида меваси ва пўстлоғининг қайнатмаси қустирувчи дори, сурги сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.