Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Jurnal

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 219–222-b. — ziyouz.com

    Jurnal (frans. journal — kundalik daftar) — bosma davriy naşr. Axborotni tanlaş, tahlil etiş va baholaşning asosiy vositalaridan biri. J. gazeta kabi jamoatçilik fikriga ta'sir ötkaziş yöli b-n uni şakl-lantirişga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan ğoya va qadriyatlarni singdiradi. J.lar dastlab Fransiyada naşr qilingan. Ing. «Magazine», frans. «Revue», nemisça «Zei schrift», ispança «Relista» sözlari ham J. ma'nosini anglatadi. Çop etiliş muddati (davriyligi) jihatdan J.lar, odatda, haftada, ön kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uç oyda, yarim yilda bir marta naşr qilinadi. Bunday davriylik J.larda turmuş voqealarini kundalik gaz.ga nisbatan batafsilroq va çuqurroq tahlil qiliş imkonini beradi. J.lar mundarija yönalişiga köra farklanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, işlab çiqariş-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va b. J.lar jamiyatdagi turli yoşdagi kişilarga möljallanadi.

    Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy J.larda suhbat, publitsistik kuzatuv, ma'lum mavzuni şarhlovçi maqolalardan taşqari, reportajlar, şe'rlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Sönggi paytlarda ommaviy J. sahifalaridan krossvordlar, amaliy san'at asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, şaxmat etyudlari va h. k. tobora kengroq örin olmokda. Haftalik, ön kunlik J.larda çizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy J.larda hajman katta maqolalar b-n birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixçam xabarlar ham e'lon qilinadi. J. hajmini va uni bezaş unsurlarini belgilaşda J. mundarijasi va uning öquvçilari doirasidan kelib çiqiladi. Odatda ommaviy J.lar — ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va ösmirlar uçun möljallangan naşrlar katta hajmda çiqariladi.

    J.çilik taraqqiyoti. J.çilik tarixi Fransiyada «Jurnal de Savan» («Olimlar jurnali»), («Journal des scavans», keyinroq «Journal des savants») J.dan boşlanadi. Uning birinçi soni 1665 y.ning 5 yanv.da bosmadan çiqqan. Unda adabiyot, falsafa, tabiiy fanlar sohasi böyiça Yevropaning turli mamlakatlarida naşr qilingan kitoblar haqida ma'lumotlar bosilgan. Şuningdek, şu yili, Londonda «Filosofişal tranzekşne of Royyal sosayenti» («Qirollik jami-yatidagi falsafiy özgarişlar») J. naşr qilingan. Turli kitoblar şarhidan iborat bölgan bunday J.lar keyinroq Italiya, Germaniya, Ispaniya, AQŞ, Vengriya, Rossiya singari mam-lakatlarda ham paydo bölgan, faqat mavzular doirasi tor bulganligi uçun bu J.lar omma orasida keng tarqalmagan.

    J.çilik 19-a. 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda J. tarğibotining usul va vositalarida ham katta özga-rişlar yuz berdi. J.lar adadi uzluksiz ösib bordi. 19-a. oxiri va 20-a. boşlarida J.larning asosiy turlari şakllandi, rasmli-bezakli ommabop naşrlar yetakçi örin egallay boşladi. 1960 y. oxirida AQŞ da 9400, Angliyada 4600, Fransiyada 14600 (bu mamlakatda siyosiy gaz.lardan taşqari, davriy naşrlarning hammasi J.lar röyxatiga kiritiladi), GFRda 2200, Yaponiyada 5800 ga yaqin J. naşr qilingan. Ayrim mamlakatlarda (AQŞ, Fransiya, Angliya) J.lar kundalik gaz. larga nisbatan tez tarkaladi. Rasmlibezakli ommabop J.lar miqdori va adadi böyiça AQŞ dunyoda oldingi örinda turadi (1960 y. oxirida «The Reader's Digest» 17,5 mln.; «Pazad» 8 mln.; «Life» 7,3 mln. nusxada çop qilingan).

    Özbekistonda J.çilik. Turkistonda davriy matbuotga 19-a.ning sönggi ön yilligida asos solingan: 1896 y. Toşkentda «Sredneaziatskiy vestnik» («Örta Osiyo darakçisi») J.ning birinçi soni bosmadan çiqadi. Keyinçalik «Turkestanskiy skorpion» («Turkiston çayoni», 1907), «Srednyaya Aziya» («Örta Osiyo», 1912), «Stepniye miraji», («Sahrodagi sarob», 1914) J.lari naşr qilinadi. Bu J.larda asosan adabiy janrlarda yozilgan asarlar çop etilgan. «Srednyaya Aziya» J.da Turkistondagi mahalliy aholining madaniy hayotiga oid materiallar ham örin olgan.

    Turkistonda milliy J.çilik tarixiga atokli ma'rifatparvar adib va publitsist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913—1915 y.larda Samarqand ş.da «Oyina» jur. naşr qilingan. Mazkur J. turkistonliklarni zamonaviy ilmu urfondan, ma'rifatdan bahramand etiş, ölkadagi milliy ta'lim tizimini isloh qiliş kabi davr uçun dolzarb masalalardan bahs yuritgan. Özbek tilidagi ikkinçi J. «Al-Isloh» nomi b-n Toşkentda naşr qilingan.

    1917—18 y.larda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy va adabiy yönalişdagi bir qança yangi özbekça J.lar paydo böldi. Qöqonda 1-soni Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida «Kengaş» (keyinçalik «Hurriyat» nomi b-n çiqqan), taniqli olim va publitsist Aşurali Zohiriy rahbarligida «Yurt» J.lari naşr qilingan. Toşkentda «Çayon» (1917), «Işçilar dunyosi» (1918) kabi yangi J.lar çiqa boşlagan. «Yurt» va «Çayon» J.lari Turkiston muxtoriyati ğoyalarini qöllab-quvvatlagan va tarğib qilgan. «Işçilar dunyosi» bolşeviklarning xususiy mulkni tugatiş sohasidagi siyosatini tanqid qilgani uçun şöro hukumati tomonidan yopib qöyilgan. 1918—24 y.lar Turkistonda jami 129 nomda J. va byulletenlar naşr qilingan. Ularning asosiy qismi rus tilidagi tarmoq naşrlaridan iborat bölib, ayrim J.lar bor-yöği 1—2 soni çiqqan, xolos. Şu davrda özbek tilida naşr qilingan «Özgarişçi yoşlar» (1922-24), «Inqilob» (1922-24) va «Muştum» (1923) J.lari nisbatan keng tarqalgan. Bu naşrlarda Nazir Töraqulov, Abdulla Qodiriy, Çölpon, Fitrat, Usmonxon Eşonxöjayev, Ğozi Yunus singari iste'dodli özbek adiblari va publitsistlari faol hamkorlik qilganlar.

    20-y.larning 2-yarmida Özbekistonda özbek tilida «Yer yuzi» (hoz. «Guliston»), «Yangi yöl» (hoz. «Saodat»), «Maorif va öqituvçi», «Yangi kişloq», «Alanga» kabi ijtimoiy-siyosiy va adabiy yönalişdagi yangi J.lar taşkil topdi. «Yer yuzi» özbek tilidagi birinçi rasmli-bezakli ommabop naşr hisoblanadi. 1930 y. boşida u 10000 nusxada çiqqan.

    2-jahon uruşi yillarida J.lar tarmoği keskin qisqardi. Uruş tugagaç, köpçilik J.lar qaytadan çiqa boşladi, yangi J.lar paydo böldi. 1975 y.da Özbekistonda jami 134 nomda J. çop qilingan. J.lar faoliyati ham gaz. lar kabi öşa davr tuzumi közlagan siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga böysundirilgan.

    Özbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilingaç, keng ommaga möljallangan mavjud J.lar faoliyati qayta taşkil qilindi. Respublikada jami 165 J. naşr etiladi, ularning yillik örtaça adadi 704,7 ming nusxa (2002). Yangi ijtimoiy munosabatlarni şakllantirişda, milliy ongni östirişda ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va adabiy-badiiy J.lar yetakçilik qilmoqsa. Bu turkumga mansub «Şarq yulduzi», «Guliston», «Saodat», «Muloqot», «Fan va turmuş», «Yoşlik», «Muştum» J.lari katoriga istiklol davri J.lari — «Tafakkur», «Soğlom avlod uçun», «Jahon adabiyoti» qöşildi.

    Bulardan taşqari, yangi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy munosabatlarni ask ettiruvçi maxsus J.lar — «Bozor, pul, kredit», «Menedjer», «Optovik», «Jamiyat va boşqaruv», «Buxgalter kutubxonasi», «Tijorat», «Ekonomiçeskoye obozreniye» (rus va ing. tillarida) ham taşkil topdi. Avtomobilçilar uçun möljallangan «Avto-olam», «Avto PressTIJ» singari yangi naşrlar paydo böldi, «Naş futbol» (oylik naşr) va «Prilojeniye k jurnalu Naş futbol», «PressTIJ» va «Biznes Osiyo» haftalik J.lari çiqmoqda. Bulardan reklama materiallari keng örin olgan. «PressTIJ» tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan «Press TIJ-TV» xaftaligi 53 ming nusxada (1999) tarqaladi. 1998 y.dan respublikada «Saida» nomli rasmli-bezakli ayollar J.li özbek va rus tillarida naşr qilinadi.

    Özbekistonda ilmiy J.larning keng tarmoği mavjud. Özbekiston FA ilmiy tadqiqot in-tlari tomonidan 12 ta ilmiy akademik J. naşr qilinadi (2002). Ularda mamlakat olimlarining nazariy va amaliy tadqiqotlari, taj-ribalari yakunlari yoritiladi. «ÖzR Fanlar akademiyasi ma'ruzalari» J.i ilmiy akademik naşrlarning yetakçisi hisoblanadi. J. sahifalarida fanning barça sohalariga oid tadqiqotlar natijasining qisqa mazmuni e'lon qilinadi. «Özbekistonda ijtimoiy fanlar», «Özbek tili va adabiyoti» J.lari ijtimoiy fan sohalari, «Informatika va energetika muammolari», «Mexanika muammolari», «Uzbekskiy ximiçeskiy jurnal», «Uzbekskiy biologiçeskiy jurnal» naşrlari aniq va tabiiy fanlar tarmoğidagi ilmiy yutuqlarni aks ettiradi. «Tabiiy birikmalar kimyosi» va «Geliotexnika» J.lari 1965 y.dan naşr etilmoqda. Uşbu J.lar AQŞda ingliz tiliga tarjima qilib çiqariladi. Özbekiston ilmiy J.larining köpçiligi AQŞ, Angliya, Fransiya, Germaniya va b. mamlakatlarning ilmiy markazlarida ham tarqaladi.

    Tohir Pidayev.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖУРНАЛ (франц. journal — кундалик дафтар) — босма даврий нашр. Ахборотни танлаш, таҳлил этиш ва баҳолашнинг асосий воситаларидан бири. Ж. газета каби жамоатчилик фикрига таъсир ўтказиш йўли б-н уни шакл-лантиришга хизмат қилади; омма ижтимоий онгига муайян ғоя ва қадриятларни сингдиради. Ж.лар дастлаб Францияда нашр қилинган. Инг. «Magazine», франц. «Revue», немисча «Zei schrift», испанча «Relista» сўзлари ҳам Ж. маъносини англатади. Чоп этилиш муддати (даврийлиги) жиҳатдан Ж.лар, одатда, ҳафтада, ўн кунда, икки ҳафтада, ойда, икки ойда, ҳар уч ойда, ярим йилда бир марта нашр қилинади. Бундай даврийлик Ж.ларда турмуш воқеаларини кундалик газ.га нисбатан батафсилроқ ва чуқурроқ таҳлил қилиш имконини беради. Ж.лар мундарижа йўналишига кўра фаркланади: ижтимоий-сиёсий, адабий-бадиий, ишлаб чиқариш-техникавий, илмий, илмий-оммабоп ва б. Ж.лар жамиятдаги турли ёшдаги кишиларга мўлжалланади.

    Оммавий ижтимоий-сиёсий ва адабий-бадиий Ж.ларда суҳбат, публицистик кузатув, маълум мавзуни шарҳловчи мақолалардан ташқари, репортажлар, шеърлар, ҳикоялар, қисса ва романлар босилади. Сўнгги пайтларда оммавий Ж. саҳифаларидан кроссвордлар, амалий санъат асарлари, модалар, уй бекаларига маслаҳатлар, шахмат этюдлари ва ҳ. к. тобора кенгроқ ўрин олмокда. Ҳафталик, ўн кунлик Ж.ларда чизма раем ва фотосуратлардан фойдаланилади. Илмий Ж.ларда ҳажман катта мақолалар б-н бирга рефератлар, аннотациялар, хулосалар, илмий ҳаётга оид ихчам хабарлар ҳам эълон қилинади. Ж. ҳажмини ва уни безаш унсурларини белгилашда Ж. мундарижаси ва унинг ўқувчилари доирасидан келиб чиқилади. Одатда оммавий Ж.лар — ижтимоий-сиёсий ва адабий-бадиий, илмий-оммабоп, болалар, аёллар ва ўсмирлар учун мўлжалланган нашрлар катта ҳажмда чиқарилади.

    Ж.чилик тараққиёти. Ж.чилик тарихи Францияда «Журнал де Саван» («Олимлар журнали»), («Journal des scavans», кейинроқ «Journal des savants») Ж.дан бошланади. Унинг биринчи сони 1665 й.нинг 5 янв.да босмадан чиққан. Унда адабиёт, фалсафа, табиий фанлар соҳаси бўйича Европанинг турли мамлакатларида нашр қилинган китоблар ҳақида маълумотлар босилган. Шунингдек, шу йили, Лондонда «Философишал транзекшне of Ройял сосаенти» («Қироллик жами-ятидаги фалсафий ўзгаришлар») Ж. нашр қилинган. Турли китоблар шарҳидан иборат бўлган бундай Ж.лар кейинроқ Италия, Германия, Испания, АҚШ, Венгрия, Россия сингари мам-лакатларда ҳам пайдо бўлган, фақат мавзулар доираси тор булганлиги учун бу Ж.лар омма орасида кенг тарқалмаган.

    Ж.чилик 19-а. 2-ярмида жадал ривожланди. Бу даврда Ж. тарғиботининг усул ва воситаларида ҳам катта ўзга-ришлар юз берди. Ж.лар адади узлуксиз ўсиб борди. 19-а. охири ва 20-а. бошларида Ж.ларнинг асосий турлари шаклланди, расмли-безакли оммабоп нашрлар етакчи ўрин эгаллай бошлади. 1960 й. охирида АҚШ да 9400, Англияда 4600, Францияда 14600 (бу мамлакатда сиёсий газ.лардан ташқари, даврий нашрларнинг ҳаммаси Ж.лар рўйхатига киритилади), ГФРда 2200, Японияда 5800 га яқин Ж. нашр қилинган. Айрим мамлакатларда (АҚШ, Франция, Англия) Ж.лар кундалик газ. ларга нисбатан тез таркалади. Расмлибезакли оммабоп Ж.лар миқдори ва адади бўйича АҚШ дунёда олдинги ўринда туради (1960 й. охирида «The Reader’s Digest» 17,5 млн.; «Pazad» 8 млн.; «Life» 7,3 млн. нусхада чоп қилинган).

    Ўзбекистонда Ж.чилик. Туркистонда даврий матбуотга 19-а.нинг сўнгги ўн йиллигида асос солинган: 1896 й. Тошкентда «Среднеазиатский вестник» («Ўрта Осиё даракчиси») Ж.нинг биринчи сони босмадан чиқади. Кейинчалик «Туркестанский скорпион» («Туркистон чаёни», 1907), «Средняя Азия» («Ўрта Осиё», 1912), «Степные миражи», («Саҳродаги сароб», 1914) Ж.лари нашр қилинади. Бу Ж.ларда асосан адабий жанрларда ёзилган асарлар чоп этилган. «Средняя Азия» Ж.да Туркистондаги маҳаллий аҳолининг маданий ҳаётига оид материаллар ҳам ўрин олган.

    Туркистонда миллий Ж.чилик тарихига атокли маърифатпарвар адиб ва публицист Беҳбудий асос солган. Унинг муҳаррирлигида 1913—1915 й.ларда Самарқанд ш.да «Ойина» жур. нашр қилинган. Мазкур Ж. туркистонликларни замонавий илму урфондан, маърифатдан баҳраманд этиш, ўлкадаги миллий таълим тизимини ислоҳ қилиш каби давр учун долзарб масалалардан баҳс юритган. Ўзбек тилидаги иккинчи Ж. «Ал-Ислоҳ» номи б-н Тошкентда нашр қилинган.

    1917—18 й.ларда Туркистонда ижтимоий-сиёсий ва адабий йўналишдаги бир қанча янги ўзбекча Ж.лар пайдо бўлди. Қўқонда 1-сони Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий муҳаррирлигида «Кенгаш» (кейинчалик «Ҳуррият» номи б-н чиққан), таниқли олим ва публицист Ашурали Зоҳирий раҳбарлигида «Юрт» Ж.лари нашр қилинган. Тошкентда «Чаён» (1917), «Ишчилар дунёси» (1918) каби янги Ж.лар чиқа бошлаган. «Юрт» ва «Чаён» Ж.лари Туркистон мухторияти ғояларини қўллаб-қувватлаган ва тарғиб қилган. «Ишчилар дунёси» большевикларнинг хусусий мулкни тугатиш соҳасидаги сиёсатини танқид қилгани учун шўро ҳукумати томонидан ёпиб қўйилган. 1918—24 й.лар Туркистонда жами 129 номда Ж. ва бюллетенлар нашр қилинган. Уларнинг асосий қисми рус тилидаги тармоқ нашрларидан иборат бўлиб, айрим Ж.лар бор-йўғи 1—2 сони чиққан, холос. Шу даврда ўзбек тилида нашр қилинган «Ўзгаришчи ёшлар» (1922-24), «Инқилоб» (1922-24) ва «Муштум» (1923) Ж.лари нисбатан кенг тарқалган. Бу нашрларда Назир Тўрақулов, Абдулла Қодирий, Чўлпон, Фитрат, Усмонхон Эшонхўжаев, Ғози Юнус сингари истеъдодли ўзбек адиблари ва публицистлари фаол ҳамкорлик қилганлар.

    20-й.ларнинг 2-ярмида Ўзбекистонда ўзбек тилида «Ер юзи» (ҳоз. «Гулистон»), «Янги йўл» (ҳоз. «Саодат»), «Маориф ва ўқитувчи», «Янги кишлоқ», «Аланга» каби ижтимоий-сиёсий ва адабий йўналишдаги янги Ж.лар ташкил топди. «Ер юзи» ўзбек тилидаги биринчи расмли-безакли оммабоп нашр ҳисобланади. 1930 й. бошида у 10000 нусхада чиққан.

    2-жаҳон уруши йилларида Ж.лар тармоғи кескин қисқарди. Уруш тугагач, кўпчилик Ж.лар қайтадан чиқа бошлади, янги Ж.лар пайдо бўлди. 1975 й.да Ўзбекистонда жами 134 номда Ж. чоп қилинган. Ж.лар фаолияти ҳам газ. лар каби ўша давр тузуми кўзлаган сиёсий ва мафкуравий мақсадларга бўйсундирилган.

    Ўзбекистонда давлат мустақиллиги эълон қилингач, кенг оммага мўлжалланган мавжуд Ж.лар фаолияти қайта ташкил қилинди. Республикада жами 165 Ж. нашр этилади, уларнинг йиллик ўртача адади 704,7 минг нусха (2002). Янги ижтимоий муносабатларни шакллантиришда, миллий онгни ўстиришда ижтимоий-сиёсий, маънавий-маърифий ва адабий-бадиий Ж.лар етакчилик қилмоқца. Бу туркумга мансуб «Шарқ юлдузи», «Гулистон», «Саодат», «Мулоқот», «Фан ва турмуш», «Ёшлик», «Муштум» Ж.лари каторига истиклол даври Ж.лари — «Тафаккур», «Соғлом авлод учун», «Жаҳон адабиёти» қўшилди.

    Булардан ташқари, янги ижтимоий, иқтисодий, молиявий муносабатларни аск эттирувчи махсус Ж.лар — «Бозор, пул, кредит», «Менеджер», «Оптовик», «Жамият ва бошқарув», «Бухгалтер кутубхонаси», «Тижорат», «Экономическое обозрение» (рус ва инг. тилларида) ҳам ташкил топди. Автомобилчилар учун мўлжалланган «Авто-олам», «Авто ПрессТИЖ» сингари янги нашрлар пайдо бўлди, «Наш футбол» (ойлик нашр) ва «Приложение к журналу Наш футбол», «ПрессТИЖ» ва «Бизнес Осиё» ҳафталик Ж.лари чиқмоқда. Булардан реклама материаллари кенг ўрин олган. «ПрессТИЖ» таҳририяти томонидан тайёрланаётган «Пресс ТИЖ-ТВ» хафталиги 53 минг нусхада (1999) тарқалади. 1998 й.дан республикада «Саида» номли расмли-безакли аёллар Ж.ли ўзбек ва рус тилларида нашр қилинади.

    Ўзбекистонда илмий Ж.ларнинг кенг тармоғи мавжуд. Ўзбекистон ФА илмий тадқиқот ин-тлари томонидан 12 та илмий академик Ж. нашр қилинади (2002). Уларда мамлакат олимларининг назарий ва амалий тадқиқотлари, таж-рибалари якунлари ёритилади. «ЎзР Фанлар академияси маърузалари» Ж.и илмий академик нашрларнинг етакчиси ҳисобланади. Ж. саҳифаларида фаннинг барча соҳаларига оид тадқиқотлар натижасининг қисқа мазмуни эълон қилинади. «Ўзбекистонда ижтимоий фанлар», «Ўзбек тили ва адабиёти» Ж.лари ижтимоий фан соҳалари, «Информатика ва энергетика муаммолари», «Механика муаммолари», «Узбекский химический журнал», «Узбекский биологический журнал» нашрлари аниқ ва табиий фанлар тармоғидаги илмий ютуқларни акс эттиради. «Табиий бирикмалар кимёси» ва «Гелиотехника» Ж.лари 1965 й.дан нашр этилмоқда. Ушбу Ж.лар АҚШда инглиз тилига таржима қилиб чиқарилади. Ўзбекистон илмий Ж.ларининг кўпчилиги АҚШ, Англия, Франция, Германия ва б. мамлакатларнинг илмий марказларида ҳам тарқалади.

    Тоҳир Пидаев.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.