Kadetlar
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 20-b. — ziyouz.com
Kadetlar (frans. cadet — kiçik sözidan) — I) örta asrlarda Fransiya va Prussiyada ofitserlikka erişgunça oddiy askar bölib xizmat qiluvçi yoş dvoryanlar; 2) 1917 y.ga qadar Rossiya xamda ba'zi çet davlatlarda kadet korpuslari talabalarining unvoni. Buxoro amirligining valiaxdi Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida harbiy ta'lim olgan (1893—96). 20-a. ning 80-y.larida esa (AQŞ, Fransiya va b. davlatlar) harbiy öquv yurtlari kursantlarining unvoni bölgan. Xoz. paytda Rossiya Federatsiyasida kadet korpuslari qayta tiklandi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАДЕТЛАР (франц. cadet — кичик сўзидан) — I) ўрта асрларда Франция ва Пруссияда офицерликка эришгунча оддий аскар бўлиб хизмат қилувчи ёш дворянлар; 2) 1917 й.га қадар Россия хамда баъзи чет давлатларда кадет корпуслари талабаларининг унвони. Бухоро амирлигининг валиахди Олимхон Петербургдаги Николаев кадет (пажлар) корпусида ҳарбий таълим олган (1893—96). 20-а. нинг 80-й.ларида эса (АҚШ, Франция ва б. давлатлар) ҳарбий ўқув юртлари курсантларининг унвони бўлган. Хоз. пайтда Россия Федерациясида кадет корпуслари қайта тикланди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.