Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kafan

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 254–255-b. — ziyouz.com

    Kafan — dafn oldidan marhumning jasadi öraladigan oq mato. Islomiy aqidaga köra, musulmon erkak yoki ayol vafot etgaç, eng kami 3 qavat K. b-n dafn etiş tiriklar zimmasidagi muqaddas burçlardan (farzi kifoya) hisoblanadi. K.laşdan oldin mayit, albatta, yuviladi. Şahidlar yuvilmaydi va K.lanmaydi, balki öz kiyimlari b-n dafn etiladi. K.siz kömib yuborilganlar uçun marhum emas, balki unga sababçi kişilar javobgar sanaladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАФАН — дафн олдидан марҳумнинг жасади ўраладиган оқ мато. Исломий ақидага кўра, мусулмон эркак ёки аёл вафот этгач, энг ками 3 қават К. б-н дафн этиш тириклар зиммасидаги муқаддас бурчлардан (фарзи кифоя) ҳисобланади. К.лашдан олдин майит, албатта, ювилади. Шаҳидлар ювилмайди ва К.ланмайди, балки ўз кийимлари б-н дафн этилади. К.сиз кўмиб юборилганлар учун марҳум эмас, балки унга сабабчи кишилар жавобгар саналади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.