Kakliköt
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 35–36-b. — ziyouz.com
Kakliköt KAKLIKÖT, toğjambil, toşçöp (Thymus zeravschanicus) — yalpizdoşlar (labguldoşlar) oilasiga mansub köp yillik öt. Böyi 15 sm ça. Toşloq yerlarda, toğ yon bağirlarida ösadi. Iyun—avg. da gullab, sent.da uruğlaydi. Maysaligida ziravor sifatida ovqatga işlatiladi. Yer ustki qismidan farmatsevtika va atir-upa sanoatida işlatiladigan efir moyi olinadi. Gullagan davrida efir moyi köp töplanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАКЛИКЎТ, тоғжамбил, тошчўп (Thymus zeravschanicus) — ялпиздошлар (лабгулдошлар) оиласига мансуб кўп йиллик ўт. Бўйи 15 см ча. Тошлоқ ерларда, тоғ ён бағирларида ўсади. Июнь—авг. да гуллаб, сент.да уруғлайди. Майсалигида зиравор сифатида овқатга ишлатилади. Ер устки қисмидан фармацевтика ва атир-упа саноатида ишлатиладиган эфир мойи олинади. Гуллаган даврида эфир мойи кўп тўпланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.