Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    «Kal»

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 37-b. — ziyouz.com

    «Kal» — özbek xalq doston va ertaklaridagi ijobiy qahramon. Hayotda xörlangan, kulguli hisoblangan «K.» özining topqirligi, donişmandligi, kişilarga hamdardligi b-n xalq mehrini qozongan. U afsonaviy yovuz kuç (ajdar, yalmoğiz, dev va b.)larni ham, real salbiy kuç (xon, podşo, boy, savdogar, qozi va b.)larni ham yengadi. «K» dostonlarda Janjalkal, Aynoq, Jaynoq, Ersak va Tersak; ertak va xalq dramalarida esa Polvon Kaçal nomlari b-n yuritiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    «КАЛ» — ўзбек халқ достон ва эртакларидаги ижобий қаҳрамон. Ҳаётда хўрланган, кулгули ҳисобланган «К.» ўзининг топқирлиги, донишмандлиги, кишиларга ҳамдардлиги б-н халқ меҳрини қозонган. У афсонавий ёвуз куч (аждар, ялмоғиз, дев ва б.)ларни ҳам, реал салбий куч (хон, подшо, бой, савдогар, қози ва б.)ларни ҳам енгади. «К» достонларда Жанжалкал, Айноқ, Жайноқ, Эрсак ва Терсак; эртак ва халқ драмаларида эса Полвон Качал номлари б-н юритилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.