Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kalit

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 52-b. — ziyouz.com

    Kalit (musiqada) — beş qatorli nota yölining birortasiga qöyiladigan maxsus belgi. K. aynan şu çizikda joylaşgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barça çizikdagi notalarda ifodalangan tovuşlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, «sol» («skripka»), «fa» («bas»), ba'zida «do» («alt», «tenor» va b.) K. lari qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАЛИТ (мусиқада) — беш қаторли нота йўлининг бирортасига қўйиладиган махсус белги. К. айнан шу чизикда жойлашган нота номи ва баландлигини, айни пайтда барча чизикдаги ноталарда ифодаланган товушлар баландлигини белгилайди. Замонавий нота ёзувида, асосан, «соль» («скрипка»), «фа» («бас»), баъзида «до» («альт», «тенор» ва б.) К. лари қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.