Kalxatlar
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 67-b. — ziyouz.com
Kalxatlar (Milvus) — qarçiğaysimonlar oilasiga mansub quşlar uruği. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. 5 turi bor. Örta Osiyoda qora kalxat yaşaydi; mart oyi boşlarida uçib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Apr.—mayda 2—4 ta tuxum qöyadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va haşarotlar b-n oziqlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАЛХАТЛАР (Milvus) — қарчиғайсимонлар оиласига мансуб қушлар уруғи. Европа, Осиё, Африка, Австралия ва Америкада кенг тарқалган. 5 тури бор. Ўрта Осиёда қора калхат яшайди; март ойи бошларида учиб келади. Уясини сувга яқин баланд дарахтларга, қояларга қуради. Апр.—майда 2—4 та тухум қўяди. Умуртқали майда ҳайвонлар, балиқлар ва ҳашаротлар б-н озиқланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.