Kalyao
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 73-b. — ziyouz.com
Kalyao — Perudagi şahar, Kalyao buxtasi sohilida joylaşgan. Lima aglomeratsiyasi tarkibida. Kalyao Konstitutsion provinsiyasini taşkil etadi. Aholisi 699,5 ming kişi (1996). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Tinç okean sohilidagi yirik savdo porti (mamlakatning 75% importi, 25% eksporti). Rangli metallurgiya, kemasozlik, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. K. — mamlakatdagi baliq sanoatining asosiy markazlaridan. Ilmiy texnika un-ti, kutubxona, harbiy muzey bor. Şaharga 1573 y. da asos solingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАЛЬЯО — Перудаги шаҳар, Кальяо бухтаси соҳилида жойлашган. Лима агломерацияси таркибида. Кальяо Конституцион провинциясини ташкил этади. Аҳолиси 699,5 минг киши (1996). Мамлакатнинг муҳим саноат ва маданий марказларидан. Тинч океан соҳилидаги йирик савдо порти (мамлакатнинг 75% импорти, 25% экспорти). Рангли металлургия, кемасозлик, тўқимачилик, озиқ-овқат саноати корхоналари мавжуд. К. — мамлакатдаги балиқ саноатининг асосий марказларидан. Илмий техника ун-ти, кутубхона, ҳарбий музей бор. Шаҳарга 1573 й. да асос солинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.