Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kapsula

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 137-b. — ziyouz.com

    Kapsula (lot. capsula — qutiça) — 1) biol.da — odam va hayvonlarda turli a'zolar va ularning ayrim qismlarini yoki patologik tuzilmalar (mas, ösma) ni örab olgan parda (mas, jigar K.si, buyrak K.si, böğim K.si va b.). Asosan, tolali biriktiruvçi töqima, ba'zan yoğli kletçatkadan tuzilgan böladi; 2) farmakologiyada — yutiladigan dorilar solinadigan ğilofça; jelatina yoki kraxmalli böladi. Oğiz şilliq pardasini ta'sirlanişdan saqlaydi, dorining yoqimsiz hidi yoki ta'mi odamga sezilmaydi. K.ni oçmasdan butunligiça yutilaveradi; 3) mikrobiologiyada — K.li bakteriya hujay-ralari atrofidagi şilliq qavat.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАПСУЛА (лот. capsula — қутича) — 1) биол.да — одам ва ҳайвонларда турли аъзолар ва уларнинг айрим қисмларини ёки патологик тузилмалар (мас, ўсма) ни ўраб олган парда (мас, жигар К.си, буйрак К.си, бўғим К.си ва б.). Асосан, толали бириктирувчи тўқима, баъзан ёғли клетчаткадан тузилган бўлади; 2) фармакологияда — ютиладиган дорилар солинадиган ғилофча; желатина ёки крахмалли бўлади. Оғиз шиллиқ пардасини таъсирланишдан сақлайди, дорининг ёқимсиз ҳиди ёки таъми одамга сезилмайди. К.ни очмасдан бутунлигича ютилаверади; 3) микробиологияда — К.ли бактерия ҳужай-ралари атрофидаги шиллиқ қават.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.