Karbonatit
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 154-b. — ziyouz.com
Karbonatit — magmatik yoki metasomatik yöl b-n kelib çiqqan toğ jinsi, asosan, karbonatlardan taşkil topgan. Murakkab intruziv jinslar tarkibiga kiradi; oqib çiqqan K. oqimlar va tuf qoplamlari körinişida uçraydi. Tarkibiga köra, kalsitli, dolomitli, ankeritli va sideritli K.lar farq qilinadi. K. b-n tantal va niobiy rudalari, apatit, flogopit va b. kamyob yer elementlari konlari bogliq. K. Özbekistonning ğarbida (Nurota va Quljuqtovda) topilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАРБОНАТИТ — магматик ёки метасоматик йўл б-н келиб чиққан тоғ жинси, асосан, карбонатлардан ташкил топган. Мураккаб интрузив жинслар таркибига киради; оқиб чиққан К. оқимлар ва туф қопламлари кўринишида учрайди. Таркибига кўра, кальцитли, доломитли, анкеритли ва сидеритли К.лар фарқ қилинади. К. б-н тантал ва ниобий рудалари, апатит, флогопит ва б. камёб ер элементлари конлари боглиқ. К. Ўзбекистоннинг ғарбида (Нурота ва Қулжуқтовда) топилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.