Karl Martell
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 178-b. — ziyouz.com
Karl Martell (lot. Carobus «Martellus, sönggi lot. martellus — bolğa) (taxm. 688 — 741.22.10, Kyersi) — sönggi merovinglar davrida Frank davlatining amaldagi hukmdori (715 y.dan). Karolinglar uruğidan bölgan oliy lavozimdagi şaxs — mayordom. Çerkov yerlarining bir qismini musodara qiliş va ularni benefitsiylar tarzida harbiylarga tarqatiş yöli b-n davlatning harbiy qudratini mustahkamlagan. K.M. 732 y.da Puatye ş. yaqinidagi jangda arablarni yengib, ularning Ğarbiy Yevropaga yurişlarini töxtatgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАРЛ МАРТЕЛЛ (лот. Carobus «Martellus, сўнгги лот. martellus — болғa) (тахм. 688 — 741.22.10, Кьерси) — сўнгги меровинглар даврида Франк давлатининг амалдаги ҳукмдори (715 й.дан). Каролинглар уруғидан бўлган олий лавозимдаги шахс — майордом. Черков ерларининг бир қисмини мусодара қилиш ва уларни бенефицийлар тарзида ҳарбийларга тарқатиш йўли б-н давлатнинг ҳарбий қудратини мустаҳкамлаган. К.М. 732 й.да Пуатье ш. яқинидаги жангда арабларни енгиб, уларнинг Ғарбий Европага юришларини тўхтатган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.