Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Karlovi-Vari tuzi

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 180-b. — ziyouz.com

    Karlovi-Vari tuzi KARLOVI-VARI TUZI, Karlsbad tuzi — Çexiyadagi Karlovi-Vari kurortining mineral buloklaridan olinadigan tuz. Sun'iy yöl b-n ham tayyorlanadi, uning tarkibida natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid, kaliy sulfat bor. K.-V.t. — oq kukun, mazasi taxir-şör, suvda yaxşi eriydi. Jigarning ba'zi kasalliklari, surunkali gastrit, me'daning yara kasalligida buyuriladi, şuningdek, surgi örnida içiladi. Uyquga yotişdan oldin yoki nahorga yarim stakan suvga 1 çoy qoşiq (bolalar uçun) yoki 1 oş qoşiq (kattalar uçun) solib içiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАРЛОВИ-ВАРИ ТУЗИ, Карлсбад тузи — Чехиядаги Карлови-Вари курортининг минерал булокларидан олинадиган туз. Сунъий йўл б-н ҳам тайёрланади, унинг таркибида натрий сульфат, натрий гидрокарбонат, натрий хлорид, калий сульфат бор. К.-В.т. — оқ кукун, мазаси тахир-шўр, сувда яхши эрийди. Жигарнинг баъзи касалликлари, сурункали гастрит, меъданинг яра касаллигида буюрилади, шунингдек, сурги ўрнида ичилади. Уйқуга ётишдан олдин ёки наҳорга ярим стакан сувга 1 чой қошиқ (болалар учун) ёки 1 ош қошиқ (катталар учун) солиб ичилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.