Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kartvel tillari

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 195–196-b. — ziyouz.com

    Kartvel tillari KARTVEL TILLARI, iber tillari — Kavkaz (iber-kavkaz) tillari guruhi. K.t. tarkibiga gruzin, zan (megrelçan) va svan tillari kiradi. K.t. Gruziyada, qisman, Ozarbayjonda, Eronda va Turkiyada tarqalgan. K.t.da gaplarning ergativ qurilişi barqaror. Luğat tarkibida yunon, arman, fors, arab tillaridan özlaşgan sözlar bor. K.t.da sözlaşadigan barça xalqlar yozma til sifatida gruzin tilidan foydalanişadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАРТВЕЛЬ ТИЛЛАРИ, ибер тиллари — Кавказ (ибер-кавказ) тиллари гуруҳи. К.т. таркибига грузин, зан (мегрелчан) ва сван тиллари киради. К.т. Грузияда, қисман, Озарбайжонда, Эронда ва Туркияда тарқалган. К.т.да гапларнинг эргатив қурилиши барқарор. Луғат таркибида юнон, арман, форс, араб тилларидан ўзлашган сўзлар бор. К.т.да сўзлашадиган барча халқлар ёзма тил сифатида грузин тилидан фойдаланишади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.