Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Katta Ayiq

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 232-b. — ziyouz.com

    Katta Ayiq KATTA AYIQ, Katta Yetti Oğayni, Katta Yetti Qaroqçi (lot. Ursa major) — osmonning Şim. yarim şarida Olam qutbiga yaqin joylaşgan yulduz turkumi. Uning 7 ta yoruğ yulduzi (ravşanligi 2 — 3 kattalikda) ning turişi çömiçga öxşaydi. Kişilar juda qadim zamondan (taxm. 100 ming yillar ilgari) ajratib kuzatişgan. Uzbekistan hududida yil böyi körinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАТТА АЙИҚ, Катта Етти Оғайни, Катта Етти Қароқчи (лот. Ursa major) — осмоннинг Шим. ярим шарида Олам қутбига яқин жойлашган юлдуз туркуми. Унинг 7 та ёруғ юлдузи (равшанлиги 2 — 3 катталикда) нинг туриши чўмичга ўхшайди. Кишилар жуда қадим замондан (тахм. 100 минг йиллар илгари) ажратиб кузатишган. Узбекистан ҳудудида йил бўйи кўринади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.