Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Katta Hisor kanali

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 245-b. — ziyouz.com

    Katta Hisor kanali - Hisor vodiysidagi kanal. Tojikiston va qisman Özbekiston hududidan ötadi. 1938— 42 y.lari qurilgan. Uz. 50 km. Suv sarfi 68 m1/s. Tojikistonda 9,4 ming ga, Özbekistonning Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10 ming ga yerni suğoradi. Kanal orqali Varzob daryosi suvi Qoratoğ daryosiga oqadi. 70 ga yaqin gidrotexnika inşooti bor. Kanalning yirik şoxobçalari: suv sarfi 2 dan 6 m3/s gaça bölgan Govkuş, Çorakoron, Kampirqal'a, Hisor, Yangiobod, Oyim. Kanalga qurilgan töğondan bevosita Duşanba şoxobçasi (uz. 2,5 km, suv sarfi — 10 m3/s) boşlanadi, undan Alaçabof kanaliga suv beriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАТТА ҲИСОР КАНАЛИ - Ҳисор водийсидаги канал. Тожикистон ва қисман Ўзбекистон ҳудудидан ўтади. 1938— 42 й.лари қурилган. Уз. 50 км. Сув сарфи 68 м1/с. Тожикистонда 9,4 минг га, Ўзбекистоннинг Сурхондарё вилояти Денов туманида 10 минг га ерни суғоради. Канал орқали Варзоб дарёси суви Қоратоғ дарёсига оқади. 70 га яқин гидротехника иншооти бор. Каналнинг йирик шохобчалари: сув сарфи 2 дан 6 м3/с гача бўлган Говкуш, Чоракорон, Кампирқалъа, Ҳисор, Янгиобод, Ойим. Каналга қурилган тўғондан бевосита Душанба шохобчаси (уз. 2,5 км, сув сарфи — 10 м3/с) бошланади, ундан Алачабоф каналига сув берилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.