Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Katta Yugan

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 242-b. — ziyouz.com

    Katta Yugan — RFning Tyumen viloyatidagi daryo. Ob daryosining çap irmoği, Yugan daryo tarmoğiga quyiladi. Uz. 1063 km, havzasining mayd. 34700 km2. Vasyuganya botqoqliklaridan boşlanadi; Ğarbiy Sibir tekisligidan oqib ötadi. Eng katta irmoği Kiçik Yugan (öngda). Havzasida, umumiy mayd. 545 km2 bölgan 8000 ga yaqin köl bor. Asosan, erigan qor suvlaridan töyinadi. Okt,— noyab.da muzlaydi, apr. oxiri — may oyi boşlarida muzdan böşaydi. Yoğoç okizişga kulay. Kuplan-deyevi pristanidan boşlab kema qatnaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАТТА ЮГАН — РФнинг Тюмень вилоятидаги дарё. Обь дарёсининг чап ирмоғи, Юган дарё тармоғига қуйилади. Уз. 1063 км, ҳавзасининг майд. 34700 км2. Васюганья ботқоқликларидан бошланади; Ғарбий Сибирь текислигидан оқиб ўтади. Энг катта ирмоғи Кичик Юган (ўнгда). Ҳавзасида, умумий майд. 545 км2 бўлган 8000 га яқин кўл бор. Асосан, эриган қор сувларидан тўйинади. Окт,— нояб.да музлайди, апр. охири — май ойи бошларида муздан бўшайди. Ёғоч окизишга кулай. Куплан-дееви пристанидан бошлаб кема қатнайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.