Katun tizmasi
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 251-b. — ziyouz.com
Katun tizmasi - RF ning Oltoy Respublikasidagi toğ tizmasi. Katun, Argut va Berel daryolari suvayirğiçi. Uz. 150 km., bal. 4506 m gaça (Beluxa toği). Metamorfik slanets va granitdan tarkib topgan. Muzliklar bor (umumiy mayd. 279 km2). Yon bağirlari 2000—2200 m balandlikkaça tiloğoç va kedr örmonlari, undan yuqorilari alp ötloqlari b-n qoplangan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАТУНЬ ТИЗМАСИ - РФ нинг Олтой Республикасидаги тоғ тизмаси. Катунь, Аргут ва Берель дарёлари сувайирғичи. Уз. 150 км., бал. 4506 м гача (Белуха тоғи). Метаморфик сланец ва гранитдан таркиб топган. Музликлар бор (умумий майд. 279 км2). Ён бағирлари 2000—2200 м баландликкача тилоғоч ва кедр ўрмонлари, ундан юқорилари альп ўтлоқлари б-н қопланган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.