Katxiyavar
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 251-b. — ziyouz.com
Katxiyavar — Hindiston ğarbidagi yarim orol. Arabiston dengizining Kambey va Kaç qöltiqlari oraliğida (dengizga 200—250 km gaça kirib borgan). Mayd. 40 ming km2dan ziyod. Relyefining aksar qismi tekislik, markaziy qismida bazalt va gneysli plato va qator tepalar (eng baland joyi 1117 m) bor. Ösimlik dunyosi savanna va siyrak örmonlardan iborat. Milliy park taşkil etilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КАТХИЯВАР — Ҳиндистон ғарбидаги ярим орол. Арабистон денгизининг Камбей ва Кач қўлтиқлари оралиғида (денгизга 200—250 км гача кириб борган). Майд. 40 минг км2дан зиёд. Рельефининг аксар қисми текислик, марказий қисмида базальт ва гнейсли плато ва қатор тепалар (энг баланд жойи 1117 м) бор. Ўсимлик дунёси саванна ва сийрак ўрмонлардан иборат. Миллий парк ташкил этилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.