Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kavsar

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 17-b. — ziyouz.com

    Kavsar (arab. — möl-köl) — islomga köra, jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi. Kur'oni karimdagi 108-sura ham «K.» deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilişiça, K.ning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bölib, undan içgan kişi abadiy taşnalik bilmaydi. Şuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan mömin-musulmonlar mazkur K. suvidan içişlari töğrisida başorat beriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАВСАР (араб. — мўл-кўл) — исломга кўра, жаннатдаги ажиб бир дарё ёки ҳовузнинг номи. Куръони каримдаги 108-сура ҳам «К.» деб аталади. Тафсир ва ҳадисларда айтилишича, К.нинг суви асалдан тотли, қор ва сутдан оқ бўлиб, ундан ичган киши абадий ташналик билмайди. Шунингдек, қиёмат куни жаннат насиб этган мўмин-мусулмонлар мазкур К. сувидан ичишлари тўғрисида башорат берилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.