Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kemping

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 299-b. — ziyouz.com

    Kemping (ing. camping) — avtomaşinalarda sayohat qiluvçilar uçun çodirli yoki yengil tipda qurilgan uylari va avtomobillar turadigan joylari (bevosita çodirlar oldida yoki umumiy maydonçada) bor yozgi oromgoh. K.da yotoqxona (2—4 kişiga), oşxona, duşxona, yuviniş xonalari, rözğor buyumlarini ijaraga beradigan joy, avtomobillarni yuviş joyi va b. böladi. Ba'zan K. sport va raqs tuşiş maydonçalari, kino zali, aloqa bölimi va dökonlarni öz içiga oladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЕМПИНГ (инг. camping) — автомашиналарда саёҳат қилувчилар учун чодирли ёки енгил типда қурилган уйлари ва автомобиллар турадиган жойлари (бевосита чодирлар олдида ёки умумий майдончада) бор ёзги оромгоҳ. К.да ётоқхона (2—4 кишига), ошхона, душхона, ювиниш хоналари, рўзғор буюмларини ижарага берадиган жой, автомобилларни ювиш жойи ва б. бўлади. Баъзан К. спорт ва рақс тушиш майдончалари, кино зали, алоқа бўлими ва дўконларни ўз ичига олади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.