Keramzit-beton
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 315-b. — ziyouz.com
Keramzit-beton - yengil beton turi; töldirgiç sifatida keramzit, qovuştirgiç sifatida sement, gips, sintetik smolalardan foydalaniladi. K-b.ning issiqlikdan izolyatsiyalovçi, konstruktiv-izolyatsiyalovçi va konstruktiv xillari bor. Ularning hajmiy massalari 350 — 1800 kg/m3, qisilişga mustahkamligi 0,5 — 50 MPa. K-b.dan bino va inşootlarning kötaruvçi va tösuvçi qurilmalari (konstruksiyalari) tayyorlanadi, şuningdek, kemasozlikda ham işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КЕРАМЗИТ-БЕТОН - енгил бетон тури; тўлдиргич сифатида керамзит, қовуштиргич сифатида цемент, гипс, синтетик смолалардан фойдаланилади. К-б.нинг иссиқликдан изоляцияловчи, конструктив-изоляцияловчи ва конструктив хиллари бор. Уларнинг ҳажмий массалари 350 — 1800 кг/м3, қисилишга мустаҳкамлиги 0,5 — 50 МПа. К-б.дан бино ва иншоотларнинг кўтарувчи ва тўсувчи қурилмалари (конструкциялари) тайёрланади, шунингдек, кемасозликда ҳам ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.