Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Keyp-kost

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 286-b. — ziyouz.com

    Keyp-kost — Gananing jan. qismidagi şahar. Markaziy viloyatning ma'muriy markazi. Aholisi 100 ming kişidan ziyod (1990-y.lar boşlari). Gvineya qöltiği sohilidagi baliq ovlaş porti. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandçilik rivojlangan. Mamlakatning qad. madaniy markazlaridan. Un-t bor. Qad. qal'a saqlangan. Şaharga 1652 y.da asos solingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЕЙП-КОСТ — Гананинг жан. қисмидаги шаҳар. Марказий вилоятнинг маъмурий маркази. Аҳолиси 100 минг кишидан зиёд (1990-й.лар бошлари). Гвинея қўлтиғи соҳилидаги балиқ овлаш порти. Озиқ-овқат саноати корхоналари мавжуд. Ҳунармандчилик ривожланган. Мамлакатнинг қад. маданий марказларидан. Ун-т бор. Қад. қалъа сақланган. Шаҳарга 1652 й.да асос солинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.