Kikoin
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 348-b. — ziyouz.com
Kikoin - NOSKOV EFFEKTI, fotomagnit-elektr effekt — magnit maydoni N ga joylaştirilgan yarimötkazgiç yoritilganda elektr maydoni hosil bölişi hodisasi. Bu elektr maydoni magnit maydoniga, yarimötkazgiçning yeritilgan sirtidan yoritilmagan sirtiga diffuziyalanayotgan zaryad taşuvçilar (elektronlar va kovaklar) oqimiga perpendikulyar böladi. K — N. e. asosiy bölmagan tok taşuvçilarning öta bir jinsli bölmagan konsentratsiyasida kuzatiladi (bunday holat yoruğlik kuçli yutilganda vujudga keladi). Bu effektni 1933 y.da Kikoin I.K. va Noskov M.M. hamkorlikda kaşf qilgan. Bu hodisa fotomagnitoelektr effekt ham deyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КИКОИН - НОСКОВ ЭФФЕКТИ, фотомагнит-электр эффект — магнит майдони Н га жойлаштирилган яримўтказгич ёритилганда электр майдони ҳосил бўлиши ҳодисаси. Бу электр майдони магнит майдонига, яримўтказгичнинг еритилган сиртидан ёритилмаган сиртига диффузияланаётган заряд ташувчилар (электронлар ва коваклар) оқимига перпендикуляр бўлади. К — Н. э. асосий бўлмаган ток ташувчиларнинг ўта бир жинсли бўлмаган концентрациясида кузатилади (бундай ҳолат ёруғлик кучли ютилганда вужудга келади). Бу эффектни 1933 й.да Кикоин И.К. ва Носков М.М. ҳамкорликда кашф қилган. Бу ҳодиса фотомагнитоэлектр эффект ҳам дейилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.