Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kinetik energiya

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 380-b. — ziyouz.com

    Kinetik energiya - jismning mexanik harakatdagi energiyasi. Ilgarilanma harakatda iştirok etayotgan moddiy nuqtaning K. e.si şu nuqta massasi t ni uning tezligi -i kvadratiga köpaytmasining yarmiga teng:

    Yek = j mv , Közğalmas öq atrofida aylanma harakat qilayotgan jismning K.e.si: bunda /—jismningaylaniş öqiga nisbatan inersiya momenti, so — jismning burçak tezligi. Yoruğlik tezligiga yaqin tezlik b-n harakatlanayotgan moddiy nuqtaning K.e.si:

    bunda t0 — moddiy nuqtaning tinç holatidagi massasi, s — yoruğlikning vakuumdagi tezligi, tos2 — moddiy nuqtaning tinç holatidagi energiyasi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КИНЕТИК ЭНЕРГИЯ - жисмнинг механик ҳаракатдаги энергияси. Илгариланма ҳаракатда иштирок этаётган моддий нуқтанинг К. э.си шу нуқта массаси т ни унинг тезлиги -и квадратига кўпайтмасининг ярмига тенг:

    Ек = j mv , Кўзғалмас ўқ атрофида айланма ҳаракат қилаётган жисмнинг К.э.си: бунда /—жисмнингайланиш ўқига нисбатан инерция моменти, со — жисмнинг бурчак тезлиги. Ёруғлик тезлигига яқин тезлик б-н ҳаракатланаётган моддий нуқтанинг К.э.си:

    бунда т0 — моддий нуқтанинг тинч ҳолатидаги массаси, с — ёруғликнинг вакуумдаги тезлиги, тос2 — моддий нуқтанинг тинч ҳолатидаги энергияси.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.