Kislovodsk
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 411-b. — ziyouz.com
Kislovodsk — RFning Stavropol ölkasidagi şahar (1830 y.dan), Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. T. y. stansiyasi. Aholisi 115,9 ming kişi (1990-y. lar örtalari). Katta Kavkazning şim. etaklarida, 720—1060 m balandlikda joylaşgan. Oziq-ovqat (şu jumladan, «Narzan» mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. K.ga 1803 y.da ruslar harbiy istehkom va stanitsa sifatida asos solgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КИСЛОВОДСК — РФнинг Ставрополь ўлкасидаги шаҳар (1830 й.дан), Кавказ Минерал Сувлари гуруҳидаги бальнеоиқлим курорти. Т. й. станцияси. Аҳолиси 115,9 минг киши (1990-й. лар ўрталари). Катта Кавказнинг шим. этакларида, 720—1060 м баландликда жойлашган. Озиқ-овқат (шу жумладан, «Нарзан» минерал суви қадоқланади), енгил, мебель саноати корхоналари, музейлар бор. К.га 1803 й.да руслар ҳарбий истеҳком ва станица сифатида асос солган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.