Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kitoy madaniyati

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 430-b. — ziyouz.com

    Kitoy madaniyati - neolit davriga oid Baykalböyi arxeologik madaniyati (mil. av. 3-ming yillikning oxiri — 2-ming yillik). Ilk bor Kitoy daryosi böyida qabrlar topilgani uçun şu nom b-n ataladi. Qabrlardan qizil oxra sepib kömilgan odam suyaklari topilgan. K.m.da alohida boy qabrlarning paydo bölişi jamiyatda mulkiy tabaqalaniş mavjud bölganini hamda patriarxal uruğçilik tuzumi şakllanayotganligidan dalolat beradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КИТОЙ МАДАНИЯТИ - неолит даврига оид Байкалбўйи археологик маданияти (мил. ав. 3-минг йилликнинг охири — 2-минг йиллик). Илк бор Китой дарёси бўйида қабрлар топилгани учун шу ном б-н аталади. Қабрлардан қизил охра сепиб кўмилган одам суяклари топилган. К.м.да алоҳида бой қабрларнинг пайдо бўлиши жамиятда мулкий табақаланиш мавжуд бўлганини ҳамда патриархал уруғчилик тузуми шаклланаётганлигидан далолат беради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.