Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Klostridiylar

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 453-b. — ziyouz.com

    Klostridiylar (Clostridium) -spora hosil qiluvçi bakteriyalar turkumi. Tayoqçasimon, 0,6—1,2x3,0—7,0 mkm, harakatçan, grammusbat. Spora hosil qiliş davrida hujayrasi örtasidan şişib, duksimon şaklga kiradi. Anaerob şaroitda uglevodlar, azotli moddalarni bijğitadi. Mezofil va termofil organizmlar. 50 dan ortiq turi tuprokda, balçiqda va oziq-ovqat mahsulotlarida uçraydi. Bir qança turlari kasallik tuğdiradi. S. botulinum — botulizm, S. perfringens va S. histolyticum — gazli gangrena paydo qiladi. Ayrim K. atmosfera azotini boğlaydi. Saxarolitik K. (S. acetobotylicum) dan sanoatda atseton va butanol olişda foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЛОСТРИДИЙЛАР (Clostridium) -спора ҳосил қилувчи бактериялар туркуми. Таёқчасимон, 0,6—1,2x3,0—7,0 мкм, ҳаракатчан, граммусбат. Спора ҳосил қилиш даврида ҳужайраси ўртасидан шишиб, дуксимон шаклга киради. Анаэроб шароитда углеводлар, азотли моддаларни бижғитади. Мезофил ва термофил организмлар. 50 дан ортиқ тури тупрокда, балчиқда ва озиқ-овқат маҳсулотларида учрайди. Бир қанча турлари касаллик туғдиради. С. botulinum — ботулизм, С. perfringens ва С. histolyticum — газли гангрена пайдо қилади. Айрим К. атмосфера азотини боғлайди. Сахаролитик К. (С. acetobotylicum) дан саноатда ацетон ва бутанол олишда фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.