Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Knyaz

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 457-b. — ziyouz.com

    Knyaz (rus.) — 1) qabila boşliği, davlat yoki alohida mulk hukmdori. K. (nem. Furst) örta ayerlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega bölgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida sözlaşuvçi mamlakatlarda K. unvoni prince (lot. princeps — birinçi sözidan) sözi b-n ifodalanadi. Rossiyada K.larning kattasi — uluğ K., qolganlari — viloyat K.lari deb atalgan; 2) avloddan-avlodga ötgan faxriy dvoryanlar unvoni; podşo tomonidan alohida xizmat körsatgan amaldorlarga ham in'om qilingan (18-a.dan).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КНЯЗЬ (рус.) — 1) қабила бошлиғи, давлат ёки алоҳида мулк ҳукмдори. К. (нем. Furst) ўрта аерларда Германияда махсус имтиёзларга эга бўлган олий империя аристократияси вакили. Аҳолиси роман тилларида сўзлашувчи мамлакатларда К. унвони prince (лот. princeps — биринчи сўзидан) сўзи б-н ифодаланади. Россияда К.ларнинг каттаси — улуғ К., қолганлари — вилоят К.лари деб аталган; 2) авлоддан-авлодга ўтган фахрий дворянлар унвони; подшо томонидан алоҳида хизмат кўрсатган амалдорларга ҳам инъом қилинган (18-а.дан).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.