Kodein
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 470-b. — ziyouz.com
Kodein (Codeinum) — afyun tarkibidagi alkaloid. Hidsiz, aççiq oq poroşok, suvda yomon eriydi. Kimyoviy tarkibiga köra, morfinga yaqin tursa ham, oğriq qoldiriş ta'siri unga qaraganda kuçsizroq. Oğriq qoldiruvçi, tinçlantiruvçi, yötalga qarşi vosita sifatida işlatiladi. Hadeb içaversa, narkomaniyaga olib keladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОДЕИН (Codeinum) — афюн таркибидаги алкалоид. Ҳидсиз, аччиқ оқ порошок, сувда ёмон эрийди. Кимёвий таркибига кўра, морфинга яқин турса ҳам, оғриқ қолдириш таъсири унга қараганда кучсизроқ. Оғриқ қолдирувчи, тинчлантирувчи, йўталга қарши восита сифатида ишлатилади. Ҳадеб ичаверса, наркоманияга олиб келади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.