Kollegium
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 488-b. — ziyouz.com
Kollegium (lot. collegium — örtoqlik, hamkorlik) — 16—18-a.larda Ğarbiy Yevropadagi yopiq örta, ba'zan oliy öquv yurti. K., asosan, iyezuitlar tomonidan oçilgan. Unga faqat xukmron sinf bolalari qabul qilingan. K.da «yetti erkin san'at» va ilohiyot öqitilgan, şuningdek, lotin va yunon tillari örgatilgan, adabiyot, geogr. va tarix böyiça ayrim ma'lumotlar berilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОЛЛЕГИУМ (лот. collegium — ўртоқлик, ҳамкорлик) — 16—18-а.ларда Ғарбий Европадаги ёпиқ ўрта, баъзан олий ўқув юрти. К., асосан, иезуитлар томонидан очилган. Унга фақат хукмрон синф болалари қабул қилинган. К.да «етти эркин санъат» ва илоҳиёт ўқитилган, шунингдек, лотин ва юнон тиллари ўргатилган, адабиёт, геогр. ва тарих бўйича айрим маълумотлар берилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.