Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kompakt-disk

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 529-b. — ziyouz.com

    Kompakt-disk — doimiy (öçmaydigan) tovuş signallari (musiqa, qöşiq, matn va b.) yozib olingan ixçam (köpinça diametri 120 mm) optik disk. Tovuş dasturlari yozib olingan K-d. (optik rakamli gramplastinkalar) keng tarqalgan. Bölar optik (lazer) plastinka qöyiş qurilmalari (proigrivatellar) yordamida qayta eşittiriladi. Odatda, tovuş dasturining uzunligi (K-d.ning «öynaş» vaqti) 1 soat. Sifat va qulaylik jihatidan K-d. oddiy gramplastinkadan ança ustun turadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОМПАКТ-ДИСК — доимий (ўчмайдиган) товуш сигналлари (мусиқа, қўшиқ, матн ва б.) ёзиб олинган ихчам (кўпинча диаметри 120 мм) оптик диск. Товуш дастурлари ёзиб олинган К-д. (оптик ракамли грампластинкалар) кенг тарқалган. Бўлар оптик (лазер) пластинка қўйиш қурилмалари (проигривателлар) ёрдамида қайта эшиттирилади. Одатда, товуш дастурининг узунлиги (К-д.нинг «ўйнаш» вақти) 1 соат. Сифат ва қулайлик жиҳатидан К-д. оддий грампластинкадан анча устун туради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.