Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Konfet daraxti

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 588-b. — ziyouz.com

    Konfet daraxti KONFET DARAXTI, goveniya (Hovenia dulcis) — çilonjiydadoşlar (itjumrutdoşlar) oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda ösadi va ekiladi. Etli meva bandi şirinlik sifatida iste'mol qilinadi va konditer sanoatida qöllaniladi: meva bandida 20—23%, quruğida 47,8% gaça qand bor. Guli serasal. Yoğoçi mebel va mözika asboblari tayyorlaşda işlatiladi. K.d. Qrim, Kavkaz va Örta Osiyoda östiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНФЕТ ДАРАХТИ, говения (Hovenia dulcis) — чилонжийдадошлар (итжумрутдошлар) оиласига мансуб мевали дарахт. Корея, Хитой, Японияда ёввойи ҳолда ўсади ва экилади. Этли мева банди ширинлик сифатида истеъмол қилинади ва кондитер саноатида қўлланилади: мева бандида 20—23%, қуруғида 47,8% гача қанд бор. Гули серасал. Ёғочи мебель ва мўзика асбоблари тайёрлашда ишлатилади. К.д. Қрим, Кавказ ва Ўрта Осиёда ўстирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.