Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Konrad Lorens

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 183-b. — ziyouz.com

    Lorens Konrad LORENS (Lorenz) Konrad (1903.7.11, Vena — 1989) — avstriyalik zoolog, etolog va zoopsixolog. Hayvonlarning instinktiv xulq-atvori va uning onto va filogenezda rivojlanişi töğrisidagi ta'limotni işlab çiqqan (N. Tinbergen b-n hamkorlikda); ayrim asarlarida hayvonlar xulq-atvorining biologik qonuniyatlarini kişilik jamiyatiga ham tadbiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1973, N. Tinbergen va K. Friş b-n hamkorlikda).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛОРЕНЦ (Lorenz) Конрад (1903.7.11, Вена — 1989) — австриялик зоолог, этолог ва зоопсихолог. Ҳайвонларнинг инстинктив хулқ-атвори ва унинг онто ва филогенезда ривожланиши тўғрисидаги таълимотни ишлаб чиққан (Н. Тинберген б-н ҳамкорликда); айрим асарларида ҳайвонлар хулқ-атворининг биологик қонуниятларини кишилик жамиятига ҳам тадбиқ этган. Нобель мукофоти лауреати (1973, Н. Тинберген ва К. Фриш б-н ҳамкорликда).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.