Konsentrlangan öğitlar
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 592–593-b. — ziyouz.com
Konsentrlangan öğitlar -tarkibida 45—64%gaça oziq moddalari bölgan oddiy yoki köp komponentli öğitlar. Donador öğit asosida işlab çiqariladi. Oddiy K.ö.ga quyidagilar kiradi: ammoniy nitrat, karbamid, suvsiz ammiak, ikkilamçi superfosfat, pretsipitat, kaliy xlorid, kaliy sulfat; köp komponentlilarga ammoniy fosfatlar (ammofos, diammofos), nitrofos, kaliy va ammoniy metafos-fat (q. Metafosfatlar), ammoniy polifosfat (polifosfatlar), kaliyli selitra va b. kiradi. K.ö. dehqonçilikda har xil tuproqlar va hamma turdagi ekinlar uçun asosiy öğitlar sifatida va ekinni oziqlaştirişda qöllanadi.
Q.: Metafosfatlar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОНЦЕНТРЛАНГАН ЎҒИТЛАР -таркибида 45—64%гача озиқ моддалари бўлган оддий ёки кўп компонентли ўғитлар. Донадор ўғит асосида ишлаб чиқарилади. Оддий К.ў.га қуйидагилар киради: аммоний нитрат, карбамид, сувсиз аммиак, иккиламчи суперфосфат, преципитат, калий хлорид, калий сульфат; кўп компонентлиларга аммоний фосфатлар (аммофос, диаммофос), нитрофос, калий ва аммоний метафос-фат (қ. Метафосфатлар), аммоний полифосфат (полифосфатлар), калийли селитра ва б. киради. К.ў. деҳқончиликда ҳар хил тупроқлар ва ҳамма турдаги экинлар учун асосий ўғитлар сифатида ва экинни озиқлаштиришда қўлланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.